O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti



Yüklə 53,84 Kb.
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü53,84 Kb.
#137878
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org

1. Tasvirlang! Ikki va undan ortiq mustaqil soʻzning grammatik va ohang jihatdan birikishi
2. Taqqoslang! Qoʻshma soʻzga oʻxshaydi(farqlari ham bor), gapdan keskin farq qiladi.
3. Izohlang! Soʻz birikmasi nutqimizni aniqlashtiradi, axborotlarni tushunarli qilishimizda katta yordam beradi.
4. Tahlil qiling! Soʻz birikmasi uch xil yoʻlda yasaladi: ohang, qoʻshimcha va koʻmakchilar; qaratqich va egalik.
5. Qoʻllang! Kitob umumiy, opamning kitobi, aniqlik kiritib, kimga qarashli ekanligini bildiryapti. Yoki badiiy kitob.
6. Asoslang! Soʻz birikmasi orqali aytmoqchi boʻlgan fikr tinglovchiga aniq va tushunarli boʻladi. Masalan, Qalam deyilsa qandayligi yoki kimga qarashli ekanligi, qora-qalam, oʻquvchining qalami.
Ushbu metod ham oʻquvchilarning mavzuni oʻtish jarayonida topqirligi, ziyrakligi, solishtirish taqqoslash orqali tanqidiy fikrlashi kabi aqliy faoliyatlarini oʻstirib, mavzu yuzasidan bilimlarni xotirada yaxshi qolishiga koʻmaklashadi.
Biz oʻquvchilarni imtihonga emas, hayotga tayyorlashimiz lozim. Ularni bir qolipga solib faqat qoida yodlatmasdan, ularni erkin, ijodiy, mantiqiy fikrlash orqali tafakkurini oʻstirish, dunyoqarashini kengaytirish asosiy maqsadimizdir. Ana shu maqsadga esa toʻgʻri tashkil qilingan dars, toʻgʻri tanlangan metodlar yordam beradi.
2.2. Ona tili fani mavzularini oʻrganishda integratsiyali ta’limdan foydalanish metodikasi.
Ona tilini oʻqitishda, u haqida oʻquvchilarga tushuncha berishda ona tili fani oʻqituvchilarining xizmatlari benihoya kattadir. Bugun taʼlim sohamizda ona tili fanini oʻqitishda baʼzi bir muammolar ham mavjudki, bular tilimizning sofligiga, milliyligiga, boyligiga putur yetkazayotgan holatlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.
Natijada ushbu fanni oʻqitishda, oʻquvchilarga tushunarli qilib yetkazib berishda baʼzi bir qiyinchiliklar koʻzga tashlanmoqda. Bu holatlar esa, albatta, taʼlim sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Quyidagilar bugungi kun ona tili fanini oʻqitishda yechilishi kerak boʻlgan muammolar sanaladi: Oʻqituvchilarning sof adabiy tilda soʻzlashmasligi. Ha, aynan bugungi taʼlim tizimimizda shunday ona tili fanini oʻrgatuvchi oʻqituvchilar borki, oʻzlari ona tilimizda sof tarzda soʻzlashishni bilmay turib, oʻquvchilarga taʼlim bermoqda.
Tilimizning sofligiga eʼtibor bermagan, kerak boʻlganda oʻzbek tilidagi muqobil soʻzlarni topa olmasdan, uning oʻrnida boshqa tillardan kirib kelgan soʻzlarni ishlatadigan, tilimizni hurmatsizlantiradigan oʻqituvchilar qanday shogird tayyorlashlari mumkin?
Ona tili darslarimizning oʻzbek tilida emas, boshqa tillarda oʻtilishi. Bu holatni shahar maktablaridagi sinflarda koʻp uchratamiz. Samarqandda ona tili dars jarayonida tojik tilidan, Toshkentda rus tilidan foydalanib oʻquvchilarga oʻz ona tilimizni oʻrgatayotgan oʻqituvchilar ham uchrab turibdi. Bu holatni, afsuski, boshqa viloyatlarda ham uchratishimiz kishi dilini xira torttiradi. Axir, oʻquvchilar oʻz ona tili – davlat tilini boshqa tillarda qanday qilib oʻrganadi? Bir jumlani oʻzbek tilida toʻgʻri tushuntira olmaydigan yoshlarning oʻsha fikrni toʻgʻri va ravon yozib bera olmasligi — bu boshqa masala.
Yangi yaratilayotgan darsliklardagi berilgan lugʻat soʻzlar asosida biror bir qoʻllanmaning yaratilmaganligi. Bu hozirgi maktablardagi eng dolzarb masala sanaladi. 2019-2020- oʻquv yili boshida 8-9-sinflarning darsliklari yangilandi.
Yangilangan ona tili darsligiga eʼtibor bersak, koʻplab matnlar va oʻsha matnlar asosidagi lugʻatlar berilganligini koʻramiz. Baʼzi lugʻatdagi soʻzlarni oʻzimiz zoʻrgʻa topib, oʻquvchilarga yetkazamiz. Lekin oʻquvchilar bu lugʻat
soʻzlarning maʼnosini qayerdan topishadi? Ularning izlanishlari uchun ham biror bir darsliklarga asoslangan lugʻatlar jamlanmasini yaratish vaqti kelmadimikan?
Darsliklardagi berilgan qoidalarning bir – biriga mos tushmasligi. Maktab darsliklarini bir – biriga taqqoslab turib, bir sinfda berilgan maʼlumotning boshqa bir sinfdagi shu mavzuga oid boʻlgan maʼlumotdan farq qilishini kuzatishimiz mumkin.
Misol uchun, 5-sinf ona tili darsligida gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari toʻrt xil deb koʻrsatilgan boʻlsa, 10-sinf ona tili darsligida faqat uchtasi haqida maʼlumot berilgan. 5-sinf ona tili darsligida ilmiy va kasbiy atamalar deyilgan mavzu bor. 10-sinf ona tili darsligida esa ilmiy atamalar terminlar deb atalyapti. Oʻqituvchilar esa oʻquvchilarga ularning bir narsani anglatuvchi tushuncha ekanligini tushuntirgunicha qancha vaqt oʻtishini oʻylab koʻrganmisizlar? Oʻquvchilarning hammasi ham birdaniga buni tushuna olmaydi-ku! Yoki 9-sinf darsligida qoʻshma gaplar bogʻlovchi vositalariga qarab uch turga boʻlinishi haqida maʼlumot bor: bogʻlangan, ergashgan va bogʻlovchisiz. Ammo 10-sinf darsligi “Qoʻshma gaplar uslubiyati” mavzusida qoʻshma gaplarning bogʻlovchi vositalariga koʻra ikkiga: bogʻlovchili va bogʻlovchisiz turlarga boʻlinishi koʻrsatilgan. Bunday misollarni koʻplab topish mumkin. Shu oʻrinda bir haqli savol tugʻiladi: “Bunday holatda oʻqituvchilar qanday yoʻl tutishi kerak? Axir, oʻquvchilar uchun darslik eng muhim va ishonchli manba sanaladi-ku!” Nazarimda, darsliklar ustida ham puxta ishlash vaqti keldi. Oʻquvchilar bir narsani turli xil oʻrganishdan charchadilar. Eʼtibor berganmisiz, ingliz tili oʻrganayotgan bola maktabda oʻrgangan maʼlumotlaridan keyingi faoliyatida ham bemalol foydalana oladi. Ona tilida esa
bunday imkoniyat deyarli uchramaydi. Kim nimani xohlasa, oʻshani yozish bilan ovora.
Tinish belgilari – punktuatsiya boʻlimining darsliklarda sochib tashlanganligi. Ha, aynan sochib tashlangan, boʻlinmagan. Chunki nuqta, undov, soʻroq belgilari 5-sinfda, shartli nomlarning qoʻshtirnoq bilan yozilishi 6-sinfda, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul, vergul belgilari 9-sinfda uchraydi. Qolgan tinish belgilari toʻgʻrisida maʼlumot umuman yoʻq. Koʻp nuqta, qavs belgilari qachon qoʻyilishi haqida esa oʻquvchilarda tushunchaning oʻzi mavjud emas. Oʻquvchilar yuqoridagi tinish belgilarini bilmaganliklari sababli ham yozma ishlar olishda, nazorat ishlarida juda koʻplab xatolarga yoʻl qoʻymoqda. Nahotki, biror sinf darsligida tinish belgilari va ularning qoʻllanilishi uchun dars soatlari ajratilmasa! Pedagog kadrlarning anʼanaviy usuldagi darslardan voz kecholmaganliklari. Bu muammoni istagan taʼlim muassasasida uchratishimiz mumkin. Oʻqituvchilar hali hamon koʻchirib yozish, mashq bajarish, savolga javob berish kabi usullardan foydalangan holda dars oʻtmoqdalar. Koʻpchilik oʻqituvchilar kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni bilishmaganligi yoki maktablarda darsni zamonaviy usulda oʻtishning iloji yoʻqligi uchun ham anʼanaviy usullardan foydalanishmoqdalar.
Sinflarda oʻquvchilar sonining koʻpligi ham anʼanaviy usulning umrini uzaytirmoqda. Bir xil vazifa bajaradigan, har darsda savolga javobni kitobdan bir amallab oʻqib beradigan, mashqni koʻchirib kelganligi uchun baho oladigan oʻquvchilarning soni ortib bormoqda. Oʻquvchilarni darslarga qiziqtira olmay qoldik soʻnggi yillarda.
Oʻquvchilarni darsga jalb qilish uchun ham zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanishimiz kerakligi bugungi kun taʼlim tizimimizning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Yuqorida sanab oʻtilgan muammolarga yechim topilmas ekan, ona tilimizning sofligini saqlab qolishimiz, tilimizga boʻlgan faxr – iftixor tuygʻularini oʻquvchilar ongiga singdirishimiz qiyin boʻladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, darsliklar koʻp yillik pedagogik, psixologik izlanishlar, ilgʻor tajribalar hamda jahon standarti namunalari asosida tuzilgan boʻlishi lozim. Xususan, umumtaʼlim fanlari boʻyicha yaratilgan darsliklarning tili sodda, ravon va tushunarli, oʻquvchi yoshi hamda psixologik xususiyatiga mos boʻlishi, ularning nutqi va dunyoqarashining oʻsishiga yordam berishi kerak.
Darsliklardagi har bir mavzu oʻzidan oldingi mavzuni toʻldirib, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishi zarur. U oʻquvchilarga odob-axloqni oʻrgatishga xizmat qilishi, ularda ona-Vatanga mehr-muhabbat, kishilarga gʻamxoʻrlik, mehribonlik, iltifotlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, vijdonlilik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Zamonaviy tarix darsliklarini yaratishda mavzular boʻyicha quyidagi komponentlarning mavjudligi hisobga olinishi lozim: (a) oddiy va aniq savollarni berish orqali oʻrganilayotgan mavzuni oʻrganishning maqsadini aniqlashtirish; (b) asosiy tarixiy nomlar, atamalar va sanalar asosida tarixiy voqelikni qisqa bayon etish; (v) kengaytirilgan sharhlar, axborotlar hajmini kamaytirish uchun har bir oʻquv savolidan keyin 5-6 tagacha narratologik (bayon etish ilmi) va tasviriy manbalardan foydalanish; (g) mamlakat tarixida katta oʻzgarish sodir boʻlgan voqealarni batafsil koʻrib chiqish uchun xronologik jadvallar (timelines) taqdim etish; (d) mavzuga aloqador asosiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati; (ye) oʻquvchilarning eʼtiborini qiziqarli va baʼzan bir-biriga zid dalillarga jalb etish uchun “Bu qiziq...” sarlavhasi ostida materiallar taqdim etish; (j) oʻrganilayotgan
mavzuni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilar uchun taqdim etiladigan savollar va ijodiy topshiriqlar.
Uzviylik tamoyilini amalga oshirish orqali zamonaviy darsliklarni yaratish va taʼlimni axborotlashtirish sharoitida undan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zamonaviy darslik uzviylik va uzluksizlikka asoslangan shaxsni motivlashtirishning yaxlit tuzilmasini oʻzida aks ettirishi lozim.
Yangi avlod darsliklarini yaratish uchun benchmarking-loyiha ishlab chiqilishi lozim. Benchmarking-loyihani tayyorlash bosqichida darsliklarni yaratish boʻyicha eng yaxshi amaliy tajribaga ega davlatlar haqida maʼlumot beruvchi manbalarni topish zarur. Shuningdek, tanlangan yondashuv va oʻzgartirishlar kiritish imkoniyati bilan bogʻliqlikda benchmarkingning obyekti aniq belgilanishi maqsadga muvofiq.
Darsliklar sifatini baholashda obyektivlikni taʼminlaydigan yangi metodikalarning ishlab chiqilishi hamda ekspert tahlilning muntazam oʻtkazib borilishi, xulosalarning aniq va ishonarli boʻlishiga erishish lozim.

Yüklə 53,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin