Axoli turmush-tarzini yaxshilash va oila munosabatlarini mustahkamlash orqali O‘zbekistonning sohadagi xalqaro reytingini oshirish mavzusidagi
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI IQTISOSDIYOT FAKULTETI O‘ZBEK TILI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI O‘QITUVCHISI
ISMOILOVA XAYITXON MAXAMMADJONOVNA
ILMIY GʻOYASI ILMIY GʻOYANING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI Axoli turmush-tarzini yaxshilash va oila munosabatlarini mustahkamlashbo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari)da targ‘ibot ishlarini olib borish, sohaning taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilib borish. Mintaqada dolzarb muammoga aylangan oiladagi kelishmovchiliklar, ajrimlarni oldini olish va kamaytirish maqsad qilib olingan. Bu jarayonlarda axolining turmush darajasini yaxshilash, oila munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rni bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga erishiladi. Mintaqa yutuqlari, bartaraf etilayotgan kamchiliklar haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda bayon qilish orqali erishilgan yutuqlarni ulashish bu orqali xududning o‘ziga hos xususiyatlarini namoyon qilishga erishish Farg‘ona vodiysi turmush darajasi haqida noilmiy geosiyosiy yondashuvlarni aniqlash. Ular orqali xududlardagi holatga xolislik nuqtai nazari bilan yondoshish. Oliy ta’lim muasasasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aks ettirish. Axoli turmush-tarzini yaxshilash va oila munosabatlarini mustahkamlash sohasidagi moddiy va prosessual normalarni amaliyotga joriy etish, xalqaro darajagi ilmiy jurnallarda xolis va ob’ektiv ma’lumotlarni e’lon qilish vazifalari nazarda tutilgan.