O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi



Yüklə 33,78 Kb.
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü33,78 Kb.
#139352
  1   2   3   4
1.Eroziya va deflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari



O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi
________________________________________ning
Meliorativ geografiya fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi:____________________
Tekshirdi:____________________

Toshkent-2023
Mavzu: Eroziya va deflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari

Reja:


I.Asosiy qism
1.Eroziya va deflyatsiya haqida tushuncha
2.Tuproq eroziyasi va undan himoyalanish chora tadbirlari
3.Eroziya va deflyatsiyaga qarshi kurash
II.Xulosa
III.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Eroziya va deflyatsiya haqida tushuncha
Eroziya (lotincha:— yemirilish) — togʻ jinslari va tuproqning oqar suvlar taʼsirida yemirilish jarayoni. Eroziya relyef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi Eroziya (notekis relyefning tekislanishi) va chiziqli eroziya (relyef boʻlaklarga boʻlinib, vodiy va jarliklarni hosil boʻlishi), yonlama eroziya (daryo sohillarining yuvilishi) va chuqurlikdagi eroziya (daryo oʻzanining chuqur oʻyilishi)lar farq qilinadi. Tuproqning eng yuqori qatlamlarida sodir boʻladigan eroziya tuprok eroziyasi deyiladi.
Eroziya yer qobigʻini tashkil etadigan qoyalarning oqar suv, shamol va boshqa tashqi taʼsirlardan yemirilib, joyidan qoʻporilishi yoki bir yerdan boshqa bir yerga tashilishi hodisasidir.
Ziroatda foydalaniladigan maydonlarning 70 %'i xususiyatlarini yoʻqotib, dunyo miqyosida jami yer maydonining 30 %'i atrofida choʻllashishiga sabab boʻlgan. Jahonda eroziya tufayli choʻllashuv tahlikasi mavjud 110 oʻlka bordir. Birlashgan Millatlar Atrof-muhit Dasturi doirasida qilingan hisob-kitoblarga koʻra butunjahon boʻylab choʻllashuv va eroziyaning oldini olish uchun yiliga 42 milliard AQSh dollari sarflanishi kerak.
Tabiiy sharoitda sodir boʻlsa yoʻqoladigan samarali tuproqlar tabiiy almashinuv doirasida qayta tiklanadi. Eroziya bilimsizlik va antropogen sabablar orqali qayta tiklanmas darajalarga yetmoqda. Samarali tuproqlarning eroziya tufayli yoʻqolishi ziroat hajmi pasayishiga olib kelmoqda. Eroziyaning sodir boʻlishi tabiiy faktorlar bilan boʻlmoqda, ammo eroziyaning tovon etilmaz zararlarga sabab boʻlishi odamlarning bu faktorlarni tezlatishi tufaylidir.
Eroziya turlaridan biri boʻlgan suv eroziyasi eng katta taʼsirlisidir. Bu eroziya yomgʻir tomchilarining zaminni yemirishi yoki yerusti suv havzalarining paydo boʻlishi ortidan yuzaga keladi. Boshqa bir eroziya turi boʻlgan shamol eroziyasi esa shamol taʼsiridan yemirilish va koʻchish hodisasidir.
Eroziyaning samarali tuproqlarning yoʻqolishidan tashqari pari ustunlari(tosh qo'ziqorinlar) kabi tabiiy goʻzallik yaratib, turizm mintaqalarining paydo boʻlishiga ham yoʻl ochadi.
Tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yog'inlari hamda sug'orish suvlari, shamol va boshqa omillar ta'sirida yemirilish jarayoni tuproq eroziyasi deb ataladi. Tuproqning ustki unumdor (gumus) qatlami tabiiy va antropogen eroziya ta'sirida yuvilib yoki uchirib ketiladi. Natijada tuproq qashshoq lashib uning tarkibi buziladi hamda yaroqsiz yerlarga aylanib qoladi. Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona o'tlar 2-4 marta ko'payadi. Yuz berish darajasiga ko'ra eroziya, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga bo'linadi. Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrash jarayonlari geologik eroziya deb yuritiladi. Geologik eroziya bu insonning ta'sirisiz roy beradigan jarayon bolib, tuproq tabiiy hosil bo'lish jarayonida qayta tiklanib turadi.
Jadallashgan Tuproq eroziyasi inson xo'jalik faoliyati (madaniy o'simliklarni o'stirishda yerdan noto'g'ri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi maxsus choralarga rioya qilmay yerlarni o'zlashtirish, sug'orish, chorva mollarni boqish, o'rmonzorlarni yo'q qilish, qurilish ishlarini olib borish va boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi.
So'ngi yuz yil ichida dunyoda 2 mlrd. ga hosildor tuproqlar eroziyaga uchrab hosildorligi keskin tushib ketgan. O'rmonlarning rejasiz kesilishi oqibatida tezlashtirilgan eroziya ayniqsa tropik mintaqlarda faol sodir bo'lmoqda. Natijada, hozirgi kunda Madagaskar oroli hududining 8/10 qismi, Chili yerlarining 72% i eroziyaga uchragan. Eroziya tufayli Xitoyda 25% tuproqning hosildor qismi zarar ko'rgan. Shuningdek, tuproq va boshqa geologik jinslar harakatdagi suvlar (erigan qor, yomg'ir va oqar suvlar)
Respublikamizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tuproqlar unumdorligi oshirishga doir tizimli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Yer resurslaridan, ayniqsa, sug‘oriladigan tuproqlardan samarali foydalanish, ularning unumdorligini saqlash va oshirish muammolarini hal etishda, tuproq unumdorligini chegaralovchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishning ilmiy asoslarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hududida eroziyaning hamma turlari keng tarqalgan bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlarning 2 mln gektardan ortig‘i tuproq deflyatsiyasiga uchragan. Deflyatsiyaga xavfli yerlar holatini o‘rganish, ularni baholash va eroziyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 27148,5 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4220,5 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,4% ini tashkil qiladi (1-jadval). Mirzacho‘l sug‘oriladigan tuproqlarining deflyatsiyaga xavflilik darajasi, sug‘oriladigan tuproqlar morfologik xususiyatlari, agrofizik, agrokimyoviy xossalariga deflyatsiya jarayonlarining ta’siri hamda deflyatsiyaga qarshi kulisli ekinlarning tuproq unumdorligiga va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri kabi masalalar o‘rganilib kelinmoqda. Mirzacho‘lni har xil darajadagi eroziya xavfli yerlarining morfologik xususiyatlarini tavsifi quyidagi tuproq kesmalari misolida keltirilgan. Tadqiqot uslubi asosini tuproqshunoslikda umumqabul qilingan uslublar tashkil etadi.



Yüklə 33,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin