71. Ma’muriy va intizomiy javobgarliklarga nimalar kiradi? Javob: Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me'yorlarining buzilishi uchun qat'iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari (3 turlidir):
Ma'muriy javobgarlik (uyaltirish, xayfsan e'lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o`tkazish, imtiyozlarini cheklash),
Jinoiy javobgarlik. O`z. R. jinoyat protsessual kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki besh minimal okladgacha jarima, yoki ishdan bo`shatish choralari qo`llanadi;
qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yo`qtishga olib kelsa, 3 yilgacha ozodlkdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qo`llanadi;
qoidaning buzilishi kishining o`limiga yoki bir necha kishining og`ir tan jarohatiga sabab bo`lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum bo`lishi mumkin;
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki besh minimal okladgacha jarima to`lanadi.
Moddiy javobgarlik.
Qonunsiz ravishda ishdan bo`shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga to`langan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki to`liq undirib olish.
2.1. HAVO ALMASHINUVI KARRALILIGINI HISOBLASh