Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə18/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

GNSS ning texnologik yechimlari. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, geodezik ehtiyojlarni baholab, “Leica Geosystems AG”(Shveysariya) va Trimble (AQSH) kompaniyalari GPS (AQSH), GLONASS (Rossiya) sunʼiy yoʻldosh tizimlarining afzalliklarini maksimal darajada oshirishga imkon beradigan juda keng koʻlamdagi GNSS uskunalarini ishlab chiqdi hamda ommaga namoyish etdi. Ushbu texnologik yechimlar sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini toʻplashni va ularni maxsus dasturiy taʼminotda qayta ishlashni osonlashtirdi [92:95-96b, 94].
GNSS qabul qilgichlari (Leica GS10, Trimble R8s va Trimble R4s) qiyin murakkab dala sharoitida ishlarni bajarish, turli geodezik, loyihalash ishlari va yer kadastri vazifalarini hal qilish, geologik, geofizik, geodinamik oʻlchashlarni geodezik qoʻllab – quvvatlashda foydalanish uchun ishlab chiqilgan (9-ilova). GNSS qabul qilgichini RTK bazasi va rover sifatida ishlatilishi mumkin. U mavjud boʻlgan barcha sunʼiy yoʻldosh tizimlarining (GPS, GLONASS, Galileo va BeiDou) signallarini qabul qila oladi. 9-ilovada GNSS texnologiyasining texnik xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan [92: 95-96b, 93, 94].
Dalada ishlash uchun Smart Worx Viva (Leica), Trimble Access (Trimble) va Trimble DL (mobil) dasturlaridan foydalaniladi, uning yordamida maʼlumotlarni SAD formatlarida: GSI, DXF, XML, FBK, RWS va boshqalarga eksport qilish imkoniyati bilan tez, sodda va samarali yozib olish mumkin. Maʼlumotlarni qayta ishlash Trimble Business Center-TBC (Trimble), Leica Geo Office-LGO (Leica) va Credo GNSS dasturlari tomonidan amalga oshiriladi (10-ilova). U maʼlumotlarni import qilish, tenglashtirish, qayta ishlash va eksport qilish uchun xizmat qiladi [92:95-96b, 99].
Maʼlumotlarni RINEX va boshqa formatlarda SD-karta, USB flesh karta, Bluetooth yoki online da yozib olish mumkin. Integratsiyalashgan veb-serverdan foydalanib, qabul qilgichni tugmachani bosish orqali turli formatdagi maʼlumotlarni yozib olish uchun sozlash mumkin [92: 96b, 11, 99, 133, 134].
Bazis chiziq (vektor) ni qayta ishlash moduli katta hajmdagi maʼlumotlarni bir necha bor tezroq qayta ishlashni taʼminlaydi. GNSS texnologiyalaridan foydalanuvchilar uchun vazifalarni toʻliq hal qilish uchun Leica Geo Office (Leica), Trimble Business Center-TBC (Trimble), Bernese GNSS Software (Shveysariya Astronomiya instituti va Bern universiteti), Credo GNSS (Belarus) va hokazo dasturiy paketlaridan foydalanishga imkon beradi (10-ilova rasmlar) [92, 133, 134, 136].



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin