Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə28/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

Texnogen poligonlarning maqsadi. Konlarni oʻzlashtirish jarayonida texnogen seysmiklikni ham, yer qobigʻining siljishini ham har tomonlama oʻrganish, baholash va obyektiv prognoz qilish uchun yer yuzasining deformatsiyasini kuzatmasdan, yaʼni geodinamik poligonlarni yaratmasdan mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsion rivojlantirish vazirligining Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida geodinamik tadqiqotlar markazi tashkil etilgan. Xususan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1027-sonli “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” gi qarori7 va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 909-sonli qarori8 ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida uglevodorod, uran konlarini oʻzlashtirishning geodinamik xavfsizligi konsepsiyasi va murakkab geodinamik poligonlarni yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi yer osti boyliklarining uglevodorod konlarini oʻzlashtirishda integratsiyalashgan geodinamik sinov poligonlarini yaratish hamda tabiiy-texnogen seysmo-deformatsiya jarayonlarining koʻp funksiyali monitoringini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan [7, 8].
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi togʻ – kon sanoati va geologiya vazirligi geodinamik monitoringni talab qiladigan uglevodorod va boshqa konlari mavjudligini aniqladi. Bugungi kunda Muruntov ochiq karyeri sanoat zonasi hududida seysmik va geodinamik monitoring olib borilmoqda [1, 2, 6, 7, 8, 78, 82, 87, 143, 149].
Geodinamik poligonlarining asosiy vazifasi texnogen jarayonlar va ularning oqibatlarini oldindan aytib boʻlmaydigan texnogen hodisalar va ofatlar sodir boʻlishidan oldin bashorat qilishdir [20, 31, 51, 52, 59, 87, 143].
Planli tarmoqning punktlari, iloji boricha, nivelirlash tarmogʻining punktlari bilan birlashtirilishi kerak.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining gorizontal deformatsiyalarni oʻrganish uchun mahalliy planli tarmoq punktlari qoʻllaniladi. Ularning turi va sxemasi 2.3.1 — rasmda keltirilgan.

2.3.1 – rasm. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining gorizontal deformatsiyalarni oʻrganish uchun mahalliy planli tarmoq punktlari qurilish maydonlarida planli punktlarning joylashtirish sxemasi: a) yoriqni kesib oʻtuvchi alohida yoʻl; b) alohida va stvor chiziqlar; v) geodezik toʻrtburchaklar (alohida va juft); g) koʻp tarmoqli tizimlar (markaziy rasadxona): ΔS – yorugʻlik dalnomer oʻrnatilgan markaziy punkt; Δ1, Δ2, Δ3, Δ4 – nur qaytargich (отражатель) stansiyalari; d) – svetodalnomer tarmogʻi.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining gorizontal deformatsiyalarni oʻrganish uchun mahalliy planli tarmoq shakllarning barcha sanab oʻtilgan turlari bir-biri bilan birgalikda ishlatilishi mumkin (2.3.2-rasm).


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin