Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə23/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

Uchinchi bosqich. Bu bosqichda geodezik tarmoq punktlarini dinamik modellashtirish yaʼni bevosita geodezik tarmoq punktlarining aniqlik vazni hisoblanadi, yaʼni ushbu punkt oʻrnatilish zarurati aniqlanadi. Agar ushbu geodezik punkt oʻrnatilishi kerak boʻlsa, qanaqa aniqlikda va qaysi usulda oʻlchanadi. Optimallashtirish jarayonidan soʻng vazn qiymatlari past boʻlgan punktlar tarmoqdan oʻchirilishi mumkin. Bu punktlarning yoʻqligi geodezik tarmoq sifatini pasaytira olmaydi. Bundan tashqari, talab qilingan punktlarning turi, hisoblangan aniqlik vazn matritsasi asosida hal qilinishi mumkin.
Toʻrtinchi bosqich. Masofa, gorizontal va vertikal burchak oʻlchashlari boʻlgan uch oʻlchovli tarmoqda, vazn qiymati yuqori boʻlgan punktlar loyihada saqlanib qolinadi. Koʻrinib turibdiki, bu bosqichda keraksiz punktlarni yoʻq qilish orqali tarmoqning optimal konfiguratsiyasi iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun boshqa bosqichlardan koʻproq hissa qoʻshadi.
Shuningdek Muruntov karyeri atrofida joylashgan geodezik tarmogʻini baʼzi punktlarni qoʻshish yoki olib tashlash orqali aniqlik, ishonchlilik va barqarorlik (sezgirlik) jihatlaridan yaxshilandi.
Beshinchi bosqich. Ushbu bosqich tarmoqning punktlarini zichlashtirish loyihasini ishlab chiqish jarayoni boʻlib, tarmoqni optimallashtirishning soʻnggi bosqichi hisoblanadi. Agar tarmoqning sifati va aniqligini oshirishga boʻlgan talab keyingi geodezik oʻlchashlardan oldin oʻzgarishi mumkin boʻlsa, u holda bu bosqichda tarmoq punktlarini oʻrnatish loyihasini oʻzgartirish uchun yangi taklif ishlab chiqiladi va geodezistga taqdim etiladi. Tarmoqdagi baʼzi yangi punktlarni oʻrnatish uchun tarmoqning boshqa yangi nuqtalarini qoʻshish (yaʼni tarmoqni zichlashtirish), yoki punktlarning joylarini oʻzgartirish mumkin.


Birinchi bob xulosasi
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosaga kelish mumkin:
1. Mavjud ilmiy adabiyotlarga asoslanib, Muruntov karyeri hududini tabiiy geografik va geologik jihatidan tadqiq qilindi. Muruntov karyeri 8 ballik seysmik hududda joylashganligini inobatga olib va boshqa tabiiy va texnogen omillarni eʼtiborga olgan holda geodezik tarmoq loyihalashtirilishi zarur.
2. Karyer atrofidagi geodezik tarmoq punktlari joylashgan hududda geodezik punktlarni rekognossirovka ishlari amalga oshirish natijasida 14 ta davlat geodezik tarmogʻi punktlarining markazlari saqlanib qolinganligi, shuningdek ushbu hududda mavjud davlat geodezik tarmogʻining hozirgi holati zamonaviy talablarga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu hududdagi davlat geodezik tarmogʻi geodezik ishlarni toʻliq taʼminlashga yetarli emasligini inobatga olib, geodezik tarmoqning optimal variantini ishlab chiqib, toʻldirilishi zarur boʻlgan holda qayta barpo etish kerak.
3. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining oʻziga xos xususiyatlari va mavjud planli davlat geodezik tarmogʻini qayta modernizatsiya qilishda GNSS texnologiyasidan foydalanish tavsiya etiladi.

II-BOB. KARYER ATROFIDAGIDAGI GEODEZIK TARMOGʻINI LOYIHALASH USULINI ISHLAB CHIQISH



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin