2.3.4-rasm. Geodezik tarmogʻining bir qismi (geodezik toʻrtburchak) Ishni bajarishda ikki chastotali Trimble R4s qabul qilgichlari yordamida statik rejimda ( , bu erda D — qabul qiluvchilar orasidagi masofa) aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlari natijalari olindi (9, 11-ilova) [99].
Kuzatishlar ikki kun davomida ikkita siklda, har biri kuzatish davomiyligi 6 soatdan, toʻrtta punktlarda (2-sinf DGT punktlari “Murun” va “Sardara”, 3-sinf DGT punktlari “Besapan sev.” va “Besapan yuj.”) amalga oshirildi.
Kuzatuv seanslari kunning ikki xil davrida, yetarli miqdordagi sunʼiy yoʻldosh (kamida toʻrtta sunʼiy yoʻldosh) koʻrinishini va pozitsiya aniqligini kamaytirishning geometrik parametrini (GDOP) hisobga olgan holda amalga oshirildi (2.3.5-rasm).
a)
b)
2.3.5-rasm. Sunʼiy yoʻldoshlarning geometrik joylashuv sxemasi (konfiguratsiyasi):a) “Mobile toporapher” mobil ilovasi; b) “GPS Test” mobil ilovasi.
Maʼlumki, sunʼiy yoʻldoshlar qanchalik koʻp boʻlsa va ularning geometrik joylashuv sxemasi (konfiguratsiyasi 2.3.5-rasm.) qanchalik yaxshi boʻlsa (GDOP qiymati kichik boʻlsa), seansi davomiyligi shunchalik qisqaradi [11].
Kuzatuvning qisqa davomiyligi bilan oʻlchash aniqligining eng yaxshi natijasiga erishish uchun mualliflari quyidagi tadqiqotlarni oʻtkazdilar. Kuzatishlar ikkita sxema boʻyicha amalga oshirildi (2.3.6-rasm). Birinchisi bitta tayanch stansiyani, ikkinchisi esa ikkitasini ishlatadi (18-ilova 1-2-jadvallar). Kuzatishlar 1 soat davom etgan holda oʻtkazilgan. Soʻngra kuzatuv oraligʻi 1 soatga oshirildi va shunga oʻxshash kuzatuvlar 12 soatgacha davom etdi. Koʻrsatilgan ikkita sxema boʻyicha kuzatuv sxemasi 2.3.6-rasmda koʻrsatilgan.
Barcha oʻlchovlar Trimble Business Center-TBC (Trimble) dasturi bilan qayta ishlangan (10-17-ilovalar 1-rasm). Tarmoqning chiziq uzunliklarini (nuqtalar orasidagi masofani) qayta ishlashning birinchi darajasi efemerid yordamida aniqlangan barcha chiziqlar maqbul yechimga ega boʻlishini taʼminlash uchun amalga oshirildi. Agar natija ijobiy boʻlsa, bizning tajribamizda ishlatiladigan yakuniy qiymatlarni olish uchun barcha chiziqlar aniq efemerid yordamida qayta ishlanadi. Sunʼiy yoʻldoshlarning haqiqiy pozitsiyalariga asoslangan aniq efemeridlar butun dunyo boʻylab joylashgan bir nechta stansiyalarni kuzatib borish orqali aniqlanadi [119, 124, 128, 130, 131, 135, 136, 144, 152].