Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə34/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

3.1.1-jadval.
Ordinata oʻqiga parallel yoyning ogʻish qiymatlari



Punkt nomi

L

y-Sn

SK42

WGS-84

1

Besapan (sev.)

64 28 41.56

1,670422674

1,673480188

2

Kanavniy

64 32 19.97

1,907812968

1,911162555

3

Murun (zap)

64 33 22.79

1,957234042

1,960634417

4

Bazisniy(yuj)

64 36 16.58

2,191831317

2,195496713

5

Murun

64 37 00.14

2,198412919

2,202107576

6

Solnechniy

64 37 26.78

2,239766751

2,243492193

7

Sardara

64 38 44.12

2,380788142

2,384680129

8

Myutenbay (vos.)

64 39 00.13

2,892207599

2,903520488

3 graduslik zona yoki yangi koordinata tizimidan foydalanish meridian yoyi va chiziq uzunligi oʻrtasidagi farqlarni minimallashtirishga olib keladi.

3.1.2 – rasm. Ordinata oʻqining buzilish qiymatlarini oʼzgartirishi
3.1.1-jadval va 3.1.2 – rasmdan koʻrinib turibdiki, ordinataning buzilish qiymatlarini oʻzgartirishiga eʼtibor beradigan boʻlsak, WGS-84 koordinata sistemasidagi farq SK42 koordinata tizimiga nisbatan katta ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Geografik axborot texnologiyalaridan foydalanib, karyer yuzasining raqamli modelini qurish mumkin, bu yerda topografik kartalarning matematik asoslari aniq belgilanishi kerak. Geodezik koordinatalarning global tizimiga oʻtish parametrlari bilan mahalliy koordinatalar tizimini ishlab chiqish eng maqsadga muvofiqdir.
Koordinata tizimlari orasidagi olingan farqlar faqat referens-ellipsoidlarning kattaliklariga va koordinata oʻqlari orasidagi burilish burchaklariga bogʻliq emas, balki mikroplitalarning siljishlariga ham bogʻliq.


§3.2. Karyer atrofidagi geodezik tarmoq punktlarning fazoviy koordinatalarini hisoblash
Yuqoridagi paragraflarda taʼkidlanganidek Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida loyihalanayotgan geodezik tarmoqdagi geodezik oʻlchashlar GNSS dan foydalanib amalga oshirildi. Bunda GNSS oʻlchashlaridan foydalanilganda maʼlumotlar WGS-84 tizimlarida boʻladi. Shuni eʼtiborga olish kerakki Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida loyihalanayotgan geodezik tarmoq punktlarining koordinatalarini mahalliy koordinata tizimiga (SK-42) oʻtkazish kerak (20-ilova). Lekin bu tizimlarda aniqlanayotgan balandliklar bir-biridan farq qiladi. Bu balandlik tizimlari orasidagi farqni topish uchun turli xildagi usullar mavjud boʻlib, ular ichida eng koʻp ishlatiladigan usul bu Molodenskiy usuli hisoblanadi. Molodenskiy usuli yordamida WGS-84 va SK-42 tizimlari orasidagi farqni aniqlash mumkin. Buning uchun bizga WGS-84 tizimida olingan koordinatalar (B, L, H) berilgan boʻlsa, WGS-84 va SK-42 tizimlari orasidagi farqni aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalanish mumkin [11, 41, 42, 60, 62, 72, 76, 77, 89, 93, 97, 98, 112, 120, 121, 136]:
, (3.2.1)

bu erda – B84, L84, H84 WGS-84 tizimida olingan kenglik, uzoqlik va balandlik;



  • B42, L42, H42 SK-42 tizimida olingan kenglik, uzoqlik va balandlik;

  • B, ∆L, N WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari orasidagi farq.

WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari orasidagi farqi ∆B, ∆L, N larni topish uchun esa quyidagi formulalardan foydalaniladi [11, 41, 42, 60, 62, 72, 76, 77, 89, 93, 97, 98, 112, 120, 121, 136]:
(3.2.2)
(3.2.3)
(3.2.4)
bu erda — ∆α — WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari siqilish koeffitsiyentlari orasidagi farq (22-ilova);
a- WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari katta yarim oʻqlari orasidagi farq;
e2- WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari ekssentrisitetlari orasidagi farq;
Ular quyidagi formulalar orqali hisoblab topiladi;
(3.2.5)
N – nuqta uchun qabul qilingan referents — ellipsoidining birinchi vertikalidagi egrilik radiusi (oʼlchov birligi metrda) quyidagi formula orqali hisoblanadi;
(3.2.6)
WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari katta yarim oʻqi va ekssentrisiteti quyidagiga teng (20-ilova):
Bundan tashqari hisoblash ishlarida quyidagi qiymatlar ishlatiladi:

Balandliklarni solishtirishda 5 ta nuqtaning geodezik koordinatalari berilgan boʼlib, ular quyidagiga teng boʼlsin (3.2.1-jadval).
3.2.1-jadval.

т/р

Nomi

B

L

H

1

Murun

41°32ʼ09,87216"

64°36ʼ57,01848"

756,289

2

Besapan cev.

41°32ʼ45,62187"

64°28ʼ38,42583"

757,617

3

Murun zap.

41°31ʼ58,12112"

64°33ʼ19,66081"

781,443

4

Kanavniy

41°30ʼ18,35854"

64°32ʼ16,84847"

588,523

5

Solnechniy

41°30ʼ34,06677"

64°37ʼ23,66656"

551,479

6

Myutenbay vos.

41°27ʼ48,86118"

64°38ʼ57,01978"

392,302

7

Besapan yuj.

41°26ʼ58,91380"

64°36ʼ13,46324"

397,253

8

Sardara

41°25ʼ32,54734"

64°38ʼ41,01423"

352,893

Fazoviy koordinatalarni hisoblash Microsoft Excel dasturida bajarildi. Microsoft Excel dasturida, WGS-84 tizimi va SK-42 tizimlari balandliklari orasidagi farqni ∆H topish uchun maxsus algoritm tuzib olindi. sinB, cosB, sinL, cosL larni hisoblash uchun avval ularning radian, keyin gradus qiymatlari hisoblanadi. Barcha hisoblash ishlarini bajarishda Microsoft Excel dasturining formulalar qatoridan foydalanildi (23-ilova).

Ushbu hisoblashlardan Oʻzbekiston hududida geodezik-topografik ishlarni bajaruvchi tashkilotlarda, turli xil maqsadlarda qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek koordinata tizimlari orasidagi olingan farqlar faqat referens-ellipsoidlarning kattaliklariga va koordinata oʻqlari orasidagi burilish burchaklariga bogʻliq emas, balki mikroplitalarning siljishlariga bogʻliq.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin