§3.3. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida geodezik tarmoq uchun bazis yaratish va tarmoqni sunʼiy yoʻldosh tarmogʻiga bogʻlash Muruntov geodezik tayanch tarmogʻi yuqori aniqlikda boʻlishi uchun Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida tayanch bazis yaratish rejalashtirildi. Ushbu hududda tarmoq aniqligini yuqori aniqlikka chiqarish uchun yaratilayotgan bazis uchun “Sardara” va “Janahmed” punktlari tanlab olindi.
2019 yildan 2022 yilgacha GNSS oʻlchashlarining absolyut va differensial usullardan foydalangan holda Leica GS10 va Trimble R4 GNSS qabul qiluvchilaridan foydalanib, statika rejimida amalga oshirildi (11-12-ilovalar). Muallif va Termiz davlat universiteti xodimlari tomonidan Bazis sifatida tanlab olingan “Sardara” va “Janahmed” punktlarda kamida 15 sikldan iborat GNSS oʻlchashlari olib borildi (3.3.1-rasm). Bunda asosiy eʼtibor DOP sifat mezonidan foydalangan holda sunʼiy yoʻldoshlarning konfiguratsiyasi va ularning ufqdan balandligiga qaratildi [11, 22, 34, 35]. Shuningdek sunʼiy yoʻldoshlardan signallarni qabul qilishda sezilarli toʻsiqlar boʻlmaganligi sababli, PDOP qiymati 1,2 dan 1,8 gacha oʻzgardi (3.3.1, 3.3.2-jadvallar). Faqat elektr uzatish liniyasi joylashgan bitta "Kanavniy" punktida qiymat 3,0 dan katta boʻldi (24-ilova). Quyida “Sardara” va “Janahmed” punktlari uchun GNSS oʻlchashlari natijalari keltirilgan. Natijalarni klassik maʼlumotlar bilan solishtirish uchun SK42 tizimida oʻlchangan qiymatlar va Boltiqboʻyi balandligi BBT-77 tizimidagi balandlik olingan[78, 82, 108].
Xср. = 4589224.106 m ± 2.0 mm, Yср. = 637563.217 ± 1.0 mm, Н=354.93 m ± 5.0 mm
3.3.2-jadval
“Djanaxmed” punktidagi GNSS oʼlchashlar natijalari
№
Xск42
Yск42
HБСВ77
PDOP
1
94176.119
642604.194
350.04
1.334
2
94176.119
642604.195
350.04
1.304
3
94176.119
642604.195
350.04
1.300
4
94176.120
642604.195
350.04
1.292
5
94176.120
642604.194
350.04
1.384
6
94176.120
642604.193
350.04
1.378
7
94176.120
642604.194
350.04
1.363
8
94176.120
642604.194
350.04
1.345
9
94176.119
642604.194
350.04
1.214
10
94176.121
642604.194
350.04
1.225
11
94176.120
642604.194
350.04
1.185
12
94176.120
642604.194
350.04
1.168
13
94176.120
642604.195
350.04
1.179
14
94176.121
642604.194
350.04
1.282
15
94176.121
642604.194
350.04
1.289
Xср. = 4599176.120 m ± 1.0 mm, Yср. = 642604.194 ± 1.0 mm, Н=350.04m ± 0.0 mm
3.3.1 va 3.3.2 — jadvallardan koʻrinib turibdiki, GNSS oʻlchashlarini bir xil darajada aniq deb hisoblash mumkin, chunki kuzatish shartlari bir xil sharoitda boʻlgan va bir xil navigatsion qabul qiluvchisi ishlatilgan. Har bir oʻlchash seansi uchun punkt koordinatalarining tashqi va ichki aniqligi olingan.
“Sardara” va “Janahmed” punktlarining bazis tomon uzunligi va geotsentrik koordinatalar tizimida masofalari hisoblab chiqildi. Deyarli barcha oʻlchashlar yaxshi mos keladi va qiymatlar orasidagi maksimal ogʻish 1 sm dan oshmaydi. Bu GNSS oʻlchashlarining aniqligini koʻrsatadi (3.3.2-rasm).
3.3.3-rasm. GNSS oʻlchashlari uchun kuzatish sessiyasiga qarab geotsentrik koordinatalar tizimida aniqlangan bazis tomon uzunligi qiymatlarining oʻzgarishi:a) “Sardara” va b) “Janahmed”
Xuddi shu punktlarda PDOP 2,0 dan kichik qiymatlari olindi (3.3.3-rasm).
3.3.3-rasm. “Sardara” va “Janaxmed” geodezik tayanch bazis tomoni uchun PDOP qiymatlarini oʻzgartirish grafigi 3.3.3-rasmdan koʻrinib turibdiki, PDOP qiymati 2,0 dan oshmaydi. Bu grafikdan maʼlumki hududning yaxshi fizik-geografik sharoitlari va sunʼiy yoʻldoshlardan signallarni qabul qilishda tashqi omillarning taʼsiri yoʻqligini koʻrishimiz mumkin.
Global sunʼiy yoʻldosh navigatsion tizimlaridan foydalanganda vatar differensial oʻlchash usuli natijalari asosida aniqlanadi (25-ilova) [11, 75, 77, 79, 135, 136, 152].
(3.3.1)
Oʻlchash va hisob-kitoblar natijalarini yetkazish uchun global sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻining yuqori aniqlikdagi koordinatalari tayanch yoki bazis asos sifatida ishlatilishi kerak. Masalan, Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoq uchun karyer markazidan 30 km masofada joylashgan GNSS tarmogʻining “ZAR 1” stansiyasidan foydalanish mumkin (25-ilova) [80, 85, 86].
Geodezik tarmoq punktlarining hisoblangan koordinatalarini Respublikamizda yaratilgan doimiy ishlab turuvchi davlat sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻining punktlariga (ZAR1, UCH1, NAVD va GIJD) bogʻlandi (25-ilova).
Oʻlchangan va aniqlangan qiymatlarning aniqligining miqdoriy xarakteristikasi bu qiymatlarning oʻrta kvadratik xatosi boʻlib, ularning qiymati hozirgi vaqtda 1-5 sm ni tashkil qiladi. Har bir seans uchun asosiy bazislarni ketma-ket qayta ishlashda kovariatsion matritsasi bilan koordinatalar §1.4 – paragrafdagi (1.4.1) formula yordamida olinadi.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoq punktlari DSYGT tarmogʻiga (CORS bazasi) bogʻlandi (3.3.4-rasm).
a)
b)
3.3.4 – rasm. Muruntov karyeri sanoat zonasidagi geodezik tarmoqni DSYGT (CORS bazasi) ga bogʻlash: a) Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqni GNSS tarmogʻiga (CORS bazasi) bogʻlash sxemasi; b) Muruntov karyeri sanoat zonasidagi geodezik tarmoqning xatoliklar ellipsining oʻzgartirishi
Bunda kovariatsion matritsasining oʻrtacha qiymatlari , , , PDOP=1,75, Planli 0,012 m, Balandlik boʼyicha 0,097m va OʼKX 0,0016 m ekanligi aniqlandi. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqning xatoliklar ellipslarining maʼlumotlari (a=0,002, b)= 0,001 va A=168° ShShQ) aniqlandi.
§1.4 – paragrafdagi (1.4.1) formuladan koʻrinib turibdiki, diagonal elementlar geotsentrik koordinatalar sistemasidagi koordinatalar aniqligining dispersiyasini ifodalaydi. Quyida, GNSS oʻlchashlari asosida olingan Muruntov karyeri yaqinida joylashgan geodezik tarmogʻining 4 ta punktlarining kovariatsion matritsasi qiymatlari keltirilgan (ilova). Ushbu oʻlchashlarni muallif va Samrqand aerogeodeziya DK xodimlari tomonidan birgalikda 2019 yilda amalga oshirilgan [78, 80, 82].
(3.4.2)
(3.4.2) formuladan koʻrinib turibdiki Aposterior kovariatsion matritsasi elementlarini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, diagonal boʻlmagan elementlar koordinatalar orasidagi kovariatsiyani ifodalaydi va bir xil qiymatlarga ega, diagonal elementlar esa x, y, z koordinatalari aniqligining oʻzgaruvchilari dispersiyalaridir. Olingan kovariatsion matritsasi nosimmetrik boʻlib, uni uchburchak shaklga keltirish mumkin.
Shunday qilib, Muruntov karyeri yaqinidagi koordinatalar va vatarlarni hisoblash natijalarini kamaytirish geodezik tarmoqning aniqligini 2-3 darajaga oshiradi va shu bilan aniq raqamli relyef modelini ishlab chiqishga zamin yaratadi, degan xulosaga kelish mumkin.