Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə8/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

Geografiyasi. Muruntov koni – Markaziy Qizilqumda, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning janubiy etagida joylashgan (sanoat ishlab chiqarish zonasi boʻlib, uning maydoni 28 km2 tashkil etadi va dunyodagi eng yirik kon hisoblanadi. Ushbu hududda soʻnggi geodezik oʻlchashlar Davlat geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining №12 – boʻlimi (Hozirda Markaziy Aerogeodeziya korxonasi) tomonidan 1961-1964 yillarda olib borilgan [108]. Kon oltin zaxirasi boʻyicha XX asr moʻjizasi sifatida tan olingan. Geologik tadqiqotlar natijasida oʻtgan asrning birinchi yarim yilligida hozirgi “Muruntov” koni joylashgan hududda ulkan oltin zaxirasi mavjudligi bashorat qilingan. Keyinchalik mashhur oʻzbek geologi Ibrohim Hamroboyev boshchiligida olib borilgan qidiruv ishlarida bu oʻz tasdigʻini topgan. 1965-yilda konni oʻzlashtirishga tamal toshi qoʻyilib, 1967 yil 1 martida birinchi portlatish amalga oshirilgan [78, 82, 108, 118].
1969-yil 21-iyulda tarixiy voqea – 2-gidrometallurgiya zavodida birinchi marta “Muruntov” konidan qazib olingan maʼdandan 11 kilogramm 820 grammlik sof oltin yombisi olindi.
1975-yilda ushbu konda 100 mln kub metr togʻ jinsi qazib olingan boʻlsa, 2001-yilga kelib bu koʻrsatkich 1 mlrd kub metrga yetdi [9, 13, 63].
Geologiyasi. Muruntov, Myutenbay, Triada va Bessapantau konlarini oʻz ichiga olgan Muruntov ruda koni Taskazgan antiklinalining shimoliy yon bagʻrida joylashgan boʻlib, deyarli butun Janubiy Tomditogʻ ruda zonasi osti yoʻnalishi boʻyicha kuzatilgan. Ruda koni hududida uning oʻqi mezo-kaynozoy yotqiziqlari qoplamasi ostidagi oltin konlaridan janubga qarab yuradi va burmaning oʻzi asta-sekin sharqqa yoyiladi [9, 13, 63, 100, 101, 102].





1.1.1-rasm. Muruntov karyerining umumiy koʻrinishi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin