O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi



Yüklə 162,79 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü162,79 Kb.
#140807
  1   2   3   4
Ramazon sonli usul(1)



O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi
Termiz davlat universiteti
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti
Amaliy matematika kafedrasi
kurs ishi

«Kurs ishi mavzusi» Splayn funksiyalar yordamida


kvadratur formula qurish

Talabaning familiyasi, ismi Ro‘ziyev Ramazon


Ta’lim yo‘nalishi: «5130200 – Amaliy matematika va informatika»
Ilmiy rahbar: (ilmiy darajasi, unvoni, f.i.sh.) Ziyakulova Sh.A
Kurs ishi «__» _____ 2023-yilda «____» ballga himoya qilindi.
Termiz-2023-yil
REJA:

  1. Kirish ………………………………………………………………………......3

  2. Asosiy qism

1.Kubik splayn qurish ……………………………………………………...5
2.Kubik splayn bilan interpolyasiylash jarayonining yaqinlashishi………...8
3.Funksiyalarni yaqinlashtirish masalasi…………………………….........13
4.Splayn funktsiyalar yordamida kvadratur formula qurish………….........18
5.Splayn funksiyalar yordamida kvadratur formula qurishga doir misollarning dasturiy natijalari……………………………..........................22

  1. Xulosa......…………………..............................................................................25

  2. Foydalanilgan adabiyotlar......................……………………………………...26

Kirish
XXI asr tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi.Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda, uning asosini aloqa vositalari, kompyuter industriyasi, televideniyadagi keng texnologik o‘zgarishlar tashkil qiladi. Axborotlar almashish tezligi va ulardan yanada samarali foydalanish hajmi o‘sib bormoqda. Xususan, «konvergensiya» — bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televideniya va kompyuterlar orasidagi farqni yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, bularga Internet, mobil telefoniya misol bo‘la oladi.


Globallashuv asrida biron bir faoliyat sohasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya sohalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga tatbiq etilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro huquq me’yorlarini hisobga olgan holda, AKT sohasidagi milliy qonunchilik muntazam takomillashtirilmoqda. Ushbu qonunchilik bugun mualliflik va boshqa turdosh huquqlar, elektron imzo, tijorat, to‘lovlar, hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solmoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorliklarini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim masala hisoblanadi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari,zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jamiyat taraqqiyotini yoshlar hayotida ishlab chiqarish milliy hamda umuminsoniy munosabatlarda zamonaviy qarash imkonyatlari kengaydi. Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat jihatdan o‘sdi. Davlat standartlari tanlanib, pedagogik amalyotda tadbiq etila boshlandi. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari sohasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha sohalariga axborot texnologiyalari jadallik bilan kirib kelmoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a’zolarini o‘z ustlarida ko‘proq ishlashga yangi-yangi o‘zgarishlar bilan undashga olib kelmoqda.

Yüklə 162,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin