Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi.
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan tо‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik,
boylik, soflik, jо‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu
kommunikativ sifatlarning barchasini о‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy
hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga
yetkazish, shu yо‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bо‘lib, mazkur sifatlarning jami
nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni tо‘g‘ri,
mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik va
grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir. Nutqning
talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir.
Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va
pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda
mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali
kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap
bо‘lagiga tushishiga kо‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin.
Madaniy nutqda sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir.
Ayrim sо‘zlarni eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi bir-
biriga yaqin sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi
о‘rnida h ni (shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha
о‘zlashmalardagi о‘ tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri meyoriydir.
Intonatsiya tufayli sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda,
intonatsiya nutq sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra
har xil kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra samimiyat,
norozilik, masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap
intonatsiyasi bilan aytilmasa sо‘zligicha turaveradi, ammo tegishli intonatsion
modelga muvofiq aytilsa darak, sо‘roq undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri nutq
tuzish uchun fikrni har tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z
variantlarini topa bilish, ularni о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy
ma’nosini tushunmaslik uni xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir
Solihboyning qiroli edi.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli
qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no
va uslubiy nozikliklarini tо‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy
g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq.
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri
shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash
muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi
tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib
qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda,
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi:
gap askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. -
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari
qatnashdi.
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika”
kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq
bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu
aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq
kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har
tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy
noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga
tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning
tortmasi bо‘lmaydi).
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rninig о‘limi asarini о‘qidi.
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab
chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy
bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan
almashtirish kerak).
4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi
natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami
keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi.
5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini
kashf etdi.
6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar
bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam
sinonimlari bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa
pishiq va chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.
3-TOPSHIRIQ
Dostları ilə paylaş: |