Kaliforniyakungaboqari-HelianthuscalifornicusDC turi Asteraceaeoilasiga mansub poyasi tik o‘suvchi, shoxlangan, 3 m balandlikdagi o‘simlik. Bargi navbat bilan joylashadi, barg bandi yaxshi ifodalangan, qalami yoki to‘g‘ri chiziqli, yashil rangdagi, uzunligi 12- 18 sm, kengligi 3 -5 sm. Gullari savatchasimon to‘pgullarda joylashib, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo‘lib, kattaligi 2 sm. Mevasi dumaloq,silliq, to‘q sariq rangdagi 1 sm kattalikdagi rezovor meva. Urug‘i mayda, 3 mm uzunlikda. Ildiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat. Bu begona o‘tning vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, Kanada, AQSh da tarqalgan. Kaliforniya kungaboqari ildizpoyali begona o‘t. Urug‘lari va stalonlar vositasida ko‘payadi. Urug‘lari shamol va urug‘lik materiallar vositasida tarqaladi. Ekinzorlarni, o‘tloqzorlarni zararlab katta zarar yetkazadi.
3.2.2-rasm. Kaliforniya kungaboqari.
Uch bo‘lakli ambroziya-Ambrosia trifida L., Asteraceae oilasiga mansub bir yillik o‘simlik bo‘lib tashki kurinishidan shuvokga uxshaydi. Bu poyasi shoxlangan, tik o‘suvchi, 3 m balandlikdagi o‘simlik. Ildizi uk ildizli,yaxshi rivojlangan, 4 m uzunlikda bo‘ladi. Barg bandlari yaxshi ifodalangan, pastki barglari yaprogi chukur kirqilgan, yuqori yaruslardagi barglari uch bargli yoki butun, ovalsimon lansetsimon kurinishda, kiska tuk bilan koplangan, 5- 10 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a’zoli, sarik rangdagi boshoksimon tupgullar savatchasimon tupgullarda joylashib, novdaning uchida xosil bo‘ladi. Onalik tupgullari savatcha xosil qilib, barg kultigida joylashadi. Urug‘i teskari tuxumsimon, uchlari ponasimon kiskarib boradigan, soxta mevaning ichida 815 mm uzunlikdagi 3,5- 6 mm uzunlikda xosil bo‘ladi. O‘simlik aprel oyida xosil bo‘lib, uning gullashi va meva xosil qilishi iyun, iyul oylarida urug‘i avgust oylarida pishib yetiladi.