O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va


-jadval Ichki karantin begona o‘tlarning O‘zbekiston bo‘yicha tarqalishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə15/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
dildora xurramova

4.1.1-jadval Ichki karantin begona o‘tlarning O‘zbekiston bo‘yicha tarqalishi.


Begona o‘tlar

Tarqalgan

Zararlangan maydon,ga

Hududlar


Viloyatlar

Tumanlar

Shaharlar

Aholi punktlari

Xo‘jaliklar

Tomorqalar

Xo‘jaliklar



Tomorqalar



Jami


Shuvoq bargli ambroziya

1


1








1


1


0,500





0,500


Sudraluvchi kakra

14


13


5


338


421


-


17145,709






17145,709



Zarpechak

14

162

12

919

1597

111

4738,414

6,304

4744,718

Devpechak

10

82

7

216

260

6

209,687

0,076

209,763

Fo‘zadan keyin kuzgi bug‘doy ekilganda chimqirqar o‘rnatilgan omoch bilan 30–35 sm haydash natijasida begona o‘tlar soni kuzgi bug‘doy tuplash davriga kelib 45–57 % kamayganligi kuzatildi. Eng yaxshi natijaga kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonda yozgi haydov o‘tkazilgan va yana kuzda don ekish oldidan 25–28 sm. ga haydab ekilganda 50 s/ga. dan ko‘p hosil olishga erishildi. Bu esa 2 marta haydashga ketgan xarajatlarni don hosili bilan qoplashni ta’minladi. Birinchi va ikkinchi yilgi xarajatlar 3–4 yilda o‘z mevasini beradi. Ayni paytda yurtimizda 70–80 % maydonga kuzgi bug‘doy g‘o‘za ichiga ekilayotganligi begona o‘tlar ko‘payishiga olib kelmoqda. Ikkita asosiy ekinning muttasil ekilishi va begona o‘tlarga qarshi kurash ishlari sust olib borilganligi oqibatida dalalarda


tuproq unumdorligi pasayib bormoqda. Masalan, tajribada ajriq bilan zararlangan dalada g‘o‘za ichiga kuzgi bug‘doy ekilganda eng past – 15 s/ga hosil olindi.
Fo‘za dalalarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurashda biologik, kimyoviy va agrotexnik choralar qo‘llashni, ya’ni tuproqni qo‘sh yarusli omoch bilan 30–40 sm chuqur haydash, yangi tipdagi taroklash agregati bilan taroqlash olib borish, erta bahorda yerni chizel yordamida yumshatish, boronalash, begona o‘tlarning ildiz-poyalarini terib yig‘ib olish. Ajriq bilan yuqori darajada zararlangan maydonlarda taroqlash agregati bilan taroqlab so‘ng borona yordamida daladan chiqarilsa va birinchi yili agar 40–45 sm chuqurlikda chimqirqar qo‘llab haydalsa, bu maydonda erta bahorda va ekish oldidan qolgan ajriq ildizlaridan tozalansa, ajriq bilan zararlanish 75–80 % kamayadi. Bu tadbirlarni, ya’ni taroqlash agregati bo‘lmagan holda 2–3 marta chizel-borona bilan tirkalgan holda o‘tkazish lozim. So‘ng haydash ishlari olib boriladi. Har ikkala holatda ham ajriq ildizlari qo‘lda terib chiqiladi. Bu tadbirlarni o‘tkazish xarajatlari begona o‘tlardan toza maydonlarda ekishgacha jami 84864,73 so‘mni tashkil qilsa, begona o‘tlar bilan zararlangan maydonlarda jami 136749,87 so‘mni, ya’ni bir marta yurilganda, ba’zi operatsiyalarni 2–3 marta o‘tkazish hisobiga jami 193782,58 so‘mni tashkil etadi.
Lekin, yuqorida keltirilgan begona o‘tlar tomonidan zarar hisobiga yiliga 30–45
% yo‘qotilgan hosilni tadbirlarni qo‘llash natijasida 2–3 yilda qoplash va undan ham yuqori hosil olishga erishish mumkin. 2–3 yilda ajriq ildizi kamayganligi sababli taroqlash ishlarini chizel-borona bilan o‘tkazish mumkin. Zarar keltirayotgan begona o‘tlardan organika sifatida foydalanish natijasida tuproq unumdorligini tiklash va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida birinchi yil 40– 45 sm ikki yarusli yoki chimqirqar o‘rnatilgan omochlar bilan haydalsa, keyingi yil 30–32 sm haydash o‘tkazilsa ajriq va boshqa begona o‘tlar tuproqning pastki qismida chirishiga va ularning unib chiqishini keskin pasayishiga olib keladi.
Begona o‘tlarning tarqalishiga ishlov berish agregatlariga ish vaqtida ahamiyat berilmaslik natijasi desak ham bo‘ladi. Masalan, boronalash vaqtida dalani ikki tomonida borona chiqishi bilan undagi begona o‘tlar ildizlarini tozalab, daladan
tashqarida yoqib yuborish lozim. Vegetatsiya davrida kultivatorlar ish organlariga o‘ralgan ajriq ildizlarini o‘z vaqtida tozalamaslik oqibatida sun’iy ravishda ko‘payadi. Agar bir odamga begona o‘tlarni chopiq qilish uchun 0,15 sotixga 5590 so‘m haq to‘lansa, begona o‘tlar bilan yuqori darajada zararlangan maydonlarda 30–35 % ortiq to‘lashni talab etadi. Shu ma’noda, begona o‘tlar ko‘payishining oldini olish eng avvalo dehqonga bog‘liq. Dala chetlarida o‘sayotgan begona o‘tlarni ham yo‘qotish muhim ahamiyatga ega. Aksariyat dalalarning suv kirish joylari ajriq bilan zararlangan, buni yo‘qotish uchun bor texnikadan kuzda (sentabr oyida), o‘tlar ko‘karib turganda, ularga qarshi «Dafosat» gerbitsidini gektariga 4–6 kg me’yorda sepib, 10–15 kundan so‘ng chizel-borona tirkalgan holda chizel qilib tozalanadi, qo‘lda terib olinib, yoqib yuboriladi. Har bir tadbir birinchi yil xarajat talab etsa-da keyingi yillarda bu xarajatlar olingan hosil hisobiga qoplanadi. Begona o‘tlar, ya’ni ajriq va qamish yuqori darajada bosgan dalalarda ikki yil davomida g‘o‘za yoki beda yetishtirish, oraliq ekinlar ekish ham ular sonini kamaytiradi. Begona o‘tlar bilan yuqori darajada zararlangan dalalarda g‘o‘za ichiga kuzgi bug‘doy ekish man etiladi.



    1. Yüklə 1,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin