4-mavzu: Sаnоаt kооpеrаtsiyasini rivоjlаntirish yo`nаlishlаri. Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi.
Kooperatsiya - bu ma`lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg`i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi. Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
buyumli (agregatli) kooperatsiya;
texnologik kooperatsiya;
tarmoqlararo kooperatsiya;
iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya.
Buyumli (agregatli) kooperaratsiya- bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.
Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin.