7-mavzu: Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng asosiy muammolaridan biri – bu resurslarning tejamkorligi asosida ishlab chiqarish intensivligini oshirishdir.
Tejash bo’yicha tadbirlar joriy etish sistemasida mehnat buyumlarini tejash asosiy o’rinni egallaydi va u xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya xarajatlarining mahsulot birligiga ketadigan ulushini kamaytirishini nazarda tutadi, lekin, bu xarajatarni kamaytirish mahsulot sifatini tushurmasligi kerak hamda mahsulotning ishonchliligi va uzoq muddat saqlanishini ta’minlash kerak.Hozirgi sharoitda aylanma fondlarni tejashning iqtisodiy ahamiyati quyidagiga ifodalanadi:
xom ashyo, materiallar, yoqilg’i xarajatlarini kamaytirish ishlab chiqarishga ko’plab iqtisodiy foyda keltiradi. U har doimgi ishlatiladigan moddiy resurslardan foydalanib, ko’proq tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi va ishlab chiqarish hajmi oshirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Moddiy resurslarni tejash, ishlab chiqarishda yangi, ancha tejamli bo’lgan materiallarni qo’llash, ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari o’rtasida takomillashgan munosabatlarining paydo bo’lishiga olib keladi va sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini yanada rivojlantiradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda moddiy resurslar xarajatlarini xarakterlovchi umumiy ko’rsatkich bo’lib material sig’imi -M ko’rsatkichi hisoblanadi va u mahsulot birligiga qilingan moddiy xarajatlarni natural yoki qiymat o’lchovlarida baholab beradi.
Bu ko’rsatkich natural, natural-qiymat va qiymat ifodalarida o’lchanadigan ko’rsatkichlar: metall sig’imi, energiya sig’imi, yoqilg’i sig’imi kabi alohida resurslar sarfini xarakterlovchi ko’rsatkichlar bilan bevosita bog’liqdir.
Mahsulotning material sig’imi turli ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblanishi mumkin:
1) Ishlab chiqarish mahsulotning tabiiy birligiga sarflangan moddiy resurslarning solishtirma xarajatlari (solishtirma material sig’imi):
M = m = Q / N;
2) Ishlab chiqarilgan mahsulotning tabiiy birligiga sarflanadigan bir necha xil moddiy resurslarning miqdorini qiymat ifodada o’lchash (m:so’m-1tn, 1m kub, 1 m kv va boshqalar uchun):
bu erda: R – moddiy resurslarning ulgurji bahosi.
Bu formulalar oddiy mahsulotlarning material sig’imini aniqlash uchun ishlatiladi (m: elektroenergiya, cho’yan, po’lat va boshq.).
Moddiy resurslarni tejash manbaalari va yo’llari bir-biridan farqlanadi.
Tejash manbai deganda, nima hisobidan tejashga erishilgani tushuniladi. Tejash yo’llari deganda qanday usulda, qaysi tadbirlarni qo’llab tejashga erishilgani nazarda tutiladi.
Har bir korxona moddiy resurslarni tejash zahiralariga ega bo’ladi. Zahira deganda topilgan yoki topilayotgan, lekin to’liq qo’llanilmagan moddiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari tushuniladi.
Paydo bo’lish sohalari nuqtai nazaridan va moddiy resurslarni tejab zahiralaridan foydalanish bo’yicha ularni uch guruhga bo’lish mumkin:
Real sektor;
umumsanoat – tarmoqlararo;
ishlab chiqarish ichidagi (sex, zavod, tarmoqdagi).
Real sektordagi zahiralar deganda mamlakat xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, xalq xo’jaligining ilg’or tarmoqlarida o’zlashtirilgan, qazib olishdagi va ishlab chiqarishdagi xom ashyolarning iqtisodiy, sun’iy va sintetik turlari, issiqlik energiya kompleksining takomillashgan strukturasi, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi xalq xo’jaligining zamonaviy mexanizmi asosida tejab qo’llaniladigan resurslar tushuniladi.
Umumsanoat-tarmoqlararo zahiralar – bu resurslarning jalb qilinishi yetakchi sanoat tarmoqlari o’rtasida oqilona tashkil etilgan ishlab chiqarish iqtisodiy aloqalaridan bog’liq bo’lgan zahiralar (masalan: qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati). Bu zahiralar alohida sanoat tarmoqlarining va iqtisodiy zonalar rivojlanishining xususiyatlaridan bog’liq bo’ladi. Bularning eng muhimlari xalq xo’jaligi darajasidagi ahamiyatga ega. SHuning bilan birgalikda ularni ishlatish ancha cheklangan u ko’pincha o’zaro aloqador sanoat tarmoqlari yoki yirik sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish hududiy birlashmalari tomonidan taqsimlanadi.
Umumsanoat-tarmoqlararo zahiralarga quyidagilar kiradi: foydali qazilmalarni topishni va qayta ishlashining yangi samarali usullarini joriy etish, ularni qazib olish jarayonida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, moddiy xom ashyolarni to’liq va kompleks qayta ishlashni ta’minlash, ixtisoslashtirishni rivojlantirish, sanoatda kooperativlashtirish va kombinasiyalashtirishni tashkil etish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni rivojlantirish, qo’llaniladiyogan xom ashyo va materiallarning sifatini oshirib, qishloq xo’jaligida moddiy resurslarni tejash bo’yicha tarmoq-ishlab chiqarishi rejalarini bajarish, ishlab chiqarishda ancha samarali xom ashyo va materiallardan foydalanib, resurslar aylanishini tezlashtirish.
Ishlab chiqarish ichidagi zahiralarga moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatlari kiradi. U texnika va texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarishda mahsulotlarning ancha samarali turlari va modellarini o’zlashtirish bilan, aniq tarmoqlar va korxonalarda mahsulot sifatini oshirish bilan bevosita bog’liq.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida ilmiy-texnik o’zgarishlarni tezlashtirishda butun xalq xo’jaligini harakatlantiruvchi kuchi bo’lib, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda fanni ishlab chiqarish bilan bog’lashda intensiv jarayon yuz beradi va u sanoat mahsulotining material sig’imini kamaytirishni tizimli ravishda tashkil etish imkoniyatini beradi.
Qabul qilinadigan tadbirlarning xarakteriga qarab iqtisodiy resurslarni tejashning asosiy yo’nalishlari sanoat ishlab chiqarishda ishlab chiqarish texnik va tashkiliy-iqtisodiy yo’nalishlariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish texnik yo’nalishlariga xom ashyoning sifat jihatidan ishlab chiqarishga tayyorlash, mashinalar tuzilishini takomillashtirish, jihozlar va detallarni yangilash, xom ashyo, yoqilg’i, energiyaning tejamliroq turlarini qo’llash, texnologik chiqindilar va moddiy resurslar nobudgarchiligini kamaytiradigan yangi texnikalar va texnologik jarayonlarni qo’llash kabi tadbirlar kiradi.
Xom ashyoga birlamchi ishlov berish tarmoqlarida xom ashyoni tejash uchun qilingan dastlabki tadbir bo’lib xom ashyoni qayta ishlashga sifat jihatidan yaxshilab tayyorlash hisoblanadi. Xom ashyoni tayyorlash usullariga – yoqilg’i sanoatida ko’mirni boyitish, to’qimachilik sanoatida paxta tolasiga birlamchi ishlov berish va standartlashtirish kiradi. Masalan: shaxtadagi temirning holatini 1 % ga yaxshilash, pech unumdorligining 2 % ga oshishiga va 20 % atrofida qazilma kukunining tejalishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |