Bolg‘alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag‘och, eman kabi qattiq, qayishqoq
yog‘ochlardan tayyorlanadi.
Ular butoqsiz, yorilmagan bo‘lishi kerak. Dastaning
bolg‘aga puxta o‘rnashini ta’minlash uchun Unga metall yoki yog‘och ponalar qo-
qiladi.
Slesarlik o‘quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko‘rganda yog‘och to‘qmoq
(kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yu-maloq va to‘g‘ri to‘rtburchaklik muhrali qilib
tayyorlanadi.
S a n do n
(48- rasm) yaxlit metall taglik bo‘ib, uning ustida metallarni tug‘rilash,
parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi.
Uni maxsus stol,
tumbochka yoki kunda ustida o‘rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o‘rinsiz
bolg‘alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo’l qo‘ymaslik kerak. Bu hol sandon
sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o‘z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga
sabab bo‘ladi. Bunday hollarning ro‘y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa
listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po‘latlardan ehtiyot plastinka qo‘yib
olinadi,
qalin
listlarni
ikki
tomonlama
qirqib
sindirib
olinadi.
E g o v l a r
Arralash va zubilo yordamida qirqish yo’li bilan buyum va detal uchun tayyorlangan
xomaki metall materiallarning zehlarini tekislash, sirtlarini silliqlash yo’li bilan aniq
o‘lchamga va talab etilgan shaklga keltirish maqsadida turli xil egovlar ishlatiladi.
Bolg‘alash va quyish yo’li bilan tayyorlangan buyumlarning sirtini silliqlash va aniq
o‘lchamga
keltirishda
ham
egovlashdan
keng
foydalaniladi.
Egovlar tishlariga qarab: yirik tishli (dag‘al—drachevne), mayda tishli (lichnne),
mayin
tishli
(barxatnge)
egovlarga
bo‘linadi.
Yirik tishli egovlar (1 sm uzunligida 10—12 qator tishlari bo‘ladi) sirtlardan 0,5—
0,6 mm gacha qalinlikda qirindi olish yo’li bilan xomaki ishlov berishda ishlatiladi.
Bu egovlar bilan ishlang‘an sirtlarning aniqlik darajasi 0,2—0,5 mm dan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: