0,1—0,3 mm gacha qirindi olish yo’li bilan toza ishlov berishda ishlatiladi. Bu
egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,15 mm ga yetib boradi.
Mayin tishli egovlar (1 sm uzunligida 24—40 qator tishlari bo‘ladi) 0,01—0,02 mm
gacha qirindi olish yo’li bilan aniqligi 0,01—0,005 mm gacha bo‘lgan sirtlar hosil
qilishdaishlatiladi.
Egovlarning tishlari maxsus zubilo bilan kertib yoki frezalash yo’li
bilan hosil
qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli egovlarda
tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70—80° bo‘ladi;
bu egovlar
yumshoq metallar (mis, alyuminiy, babbit va boshqalar)ni
egovlash uchun
mo‘ljallangan; ikki qator tishli egovlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo‘lib,
birinchi qatordagi tishlarning qiyaligi 55—60°, ikkinchi qatordagisi 70—80°
burchak hosil qilib joylashtirilgan . Bunday egovlar yumshoq hamda qattiq
metallarni egovlashda ishlatiladi.
Egovlar ko‘ndalang kesimlariga qarab: yassi (to‘g‘ri to‘rtburchaklik), kvadrat,
uchburchaklik,
romb,
dumaloq,
yarim
dumaloq
shakllarda
bo‘ladi.
Egovlanadigan sirtlarning shakliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga qarab Unga
mos egov tanlanadi.
Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda dastlab yirik
tishli egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2—0,5 mm gacha keltirilib,
so‘ngra mayda tishli egovlar bilan egovlashga o‘tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi
0,02—0,1 mm ga keltiriladi. Talab ztilishiga qarab
mayin tishli egovlar bilan
egovlanadi,
shaberlab
sirtlarning
silliqligi,
aniqlik
darajasi
orttiriladi.
Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan SHX15
yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200, 250,
300, 350 va 400 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so‘ng
termik ishlov beriladi.
Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (50-rasm): ish qismi, uchi, qirra,
yoq, bandi (quyruq), dasta. Ular zarang, qayrag‘och, qayin, chinor, yong‘oq kabi
yog‘ochlardan yoki presslangan qog‘oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar
bilan dastalanadi. Presslangan qog‘oz va plastmassalar
yorilmasligi bilan
yog‘ochlardan farq qiladi. Dastasiz egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan,
darzketmagan, butoqsiz,
sirti silliq, oliflangan yoki laklangan bo‘lishi kerak.
Dastaning uzunligi va yo’g‘onligi egovning o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak.
Egovni
ishlatishda
quyidagi
qoidalarga
rioya
qilish
lozim.
1. Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu — tishlarning ishdan chiqishiga
sabab bo‘ladi.
2. Egovlarni bir-biri ustiga qo‘ymaslik, ularni yog‘och tagliklarga terib qo‘yish
kerak.
Dostları ilə paylaş: