O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar


Zubiloni charxlash (a):1-charxtosh, 2-prujina, 3-quloqli gayka, 4-himoya



Yüklə 293,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix08.12.2023
ölçüsü293,19 Kb.
#138478
1   2   3   4   5   6   7   8
Egovlash usullari. Egovlashda kuchni taqsimlanishi

 Zubiloni charxlash (a):1-charxtosh, 2-prujina, 3-quloqli gayka, 4-himoya 
ekrani, 5- shkiv, 6-tasma, 7-val, 8-magnitli yurgizgich, 9-vanna, 10-sozlovchi 
bolt, 11-tirgak; o‘tkirlik burchagini tekshirish (b)
Zubilo va kreysmeysellar elektrikcharxlarda (46-rasm, a) charxlanadi. CHarxlash 
vaqtida ularni tirgak 11 ga tirab charxtoshga ohista bosiladi. So‘ngra toshning eni 
bo‘ylab Ung va chap-ga surib boriladi. CHarhlanuvchi asbobni toshga qattiq 
bosmaslik kerak. Aks holda u qizib ketadi, buning natijasida kesish xususiyatini 
yo’qotadi. Asbob charxtoshga ohista bosilishidan qat’iy nazar charxlash davomida 
uni tez-tez suvga botirib, sovutib turish kerak. O‘tkirlik burchagi maxsus burchak 
o‘lchagich andaza yordamida tekshirib boriladi
Slesarlik bolg‘alari Metallarni bolg‘alash (egish, bukish, to‘g‘rilash), parchinlash, 
zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg‘alaridan 
foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo‘lib (47- rasm, a, b) og‘irligi 200, 
400, 500, 600 grammgacha bo‘ladi. Bolg‘alar U7 va U8 markali uglerodli 
asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.
Slesarlik bolg‘alari: 
1—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.


Bolg‘alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag‘och, eman kabi qattiq, qayishqoq 
yog‘ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo‘lishi kerak. Dastaning 
bolg‘aga puxta o‘rnashini ta’minlash uchun Unga metall yoki yog‘och ponalar qo-
qiladi. 
Slesarlik o‘quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko‘rganda yog‘och to‘qmoq 
(kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yu-maloq va to‘g‘ri to‘rtburchaklik muhrali qilib 
tayyorlanadi.
S a n do n
(48- rasm) yaxlit metall taglik bo‘ib, uning ustida metallarni tug‘rilash, 
parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol
tumbochka yoki kunda ustida o‘rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o‘rinsiz 
bolg‘alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo’l qo‘ymaslik kerak. Bu hol sandon 
sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o‘z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga 
sabab bo‘ladi. Bunday hollarning ro‘y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa 
listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po‘latlardan ehtiyot plastinka qo‘yib 
olinadi, 
qalin 
listlarni 
ikki 
tomonlama 
qirqib 
sindirib 
olinadi.
E g o v l a r 
Arralash va zubilo yordamida qirqish yo’li bilan buyum va detal uchun tayyorlangan 
xomaki metall materiallarning zehlarini tekislash, sirtlarini silliqlash yo’li bilan aniq 
o‘lchamga va talab etilgan shaklga keltirish maqsadida turli xil egovlar ishlatiladi.
Bolg‘alash va quyish yo’li bilan tayyorlangan buyumlarning sirtini silliqlash va aniq 
o‘lchamga 
keltirishda 
ham 
egovlashdan 
keng 
foydalaniladi.
Egovlar tishlariga qarab: yirik tishli (dag‘al—drachevne), mayda tishli (lichnne), 
mayin 
tishli 
(barxatnge) 
egovlarga 
bo‘linadi.
Yirik tishli egovlar (1 sm uzunligida 10—12 qator tishlari bo‘ladi) sirtlardan 0,5—
0,6 mm gacha qalinlikda qirindi olish yo’li bilan xomaki ishlov berishda ishlatiladi. 
Bu egovlar bilan ishlang‘an sirtlarning aniqlik darajasi 0,2—0,5 mm dan oshmaydi.

Yüklə 293,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin