50- rasm. Egovlarning tuzilishi: 1—ish qismi, 2—uchi, 3—qirrasi, 4—yon yoq, 5—quyrug‘ri. Egovlarni tozalash: a—sim cho‘tka bilan, b— yumshoq metall qirrasi bilan. 3. Qattiq metallarni yoki toblangan detellarni egovlamaslik kerak, chunki egov
o‘tmaslanadi.
4. Egovga va egovlanadigan sirtga moy yoki boshqa moyli moddalar tegmasligi
kerak. Moylangan egov egovlamaydi, balki sirpanib ketadi. SHuning uchun
egovlarni qo‘l bilan artmaslik kerak, chunki qo‘lda moy pardasi bo‘ladi. Moyli
qirindi
egov
tishlari
orasiga
kirib
uni
o‘tmaslab
qo‘yadi.
5. Egov zanglab qolmasligi uchun uni nam ta’siridan saqlash kerak.
6. Egovlarning tezda ishdan chiqmasligining oldini olish uchun zanglagan sirtlarni
egovlashdan oldin tozalash kerak. Sirtlar zangdan sim cho‘tka bilan tozalanadi.
7. YUmshoq va qovushoq metallarni egovlashda egov tishlari orasiga qirindi to‘lib
qolmasligining oldini olish uchun ishdan oldin egovlarga bo‘r surtib olinadi
(alyuminiyni egovlashda stearin surtiladi).
8. Egovlarni doimo tozalab turish kerak. Egovlash vaqtida qirindi tiqilib qolmasligi
uchun
egovni
uchi
bilan
dastgohga
tez-tez
urib
turiladi.
Egovlar sim cho‘tka yoki alyuminiy, jez va boshqa yumploq metalldan tayyorlangan
qirg‘ich bilan qirib tozalanadi.
NADFILLAR. Kichik yuzalarni egovlashda kichik o‘lchamli egovlardan —
nadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U13A markali uglerodli
asbobsozlik po‘lat-laridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi.