Metallni qirqish usullari
. Temir arrani qanday ushlash. Ishga tushishdan oldin
qirqiladigan materialni 1 tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy
tiskiga yaqin 1 bo’lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish
paytida 1 tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyatl
berish kerakki, chizilgan chiziq o’chib ketmasin. Ishlagan paytda I temir arra
gorizontal holatda ushlash lozim. Uni keskin tortmay asta sekin I harakatlantirish va
oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning xarakat tezligi taxminan
ikki
tomonga
bir
minutda
35-50
marta bo’lishi tavsiya qilinadi.
Qirqishni zagotovkani uchidan boshlamaslik kerak, chunki tishlari sinib qolish
extimoli bor .
Prokatni qirqish usuli
Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini
kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib
qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida
yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi
zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi.
Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda
bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin
Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab
qirqish mumkin
Uzun metallarni qirqish Listli metallni qirqish usuli usuli
Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan
shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor detal olishga imkon beradi
Qo’l qaychilar (26-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan
0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo’lgan rangli
metallarni kirqish mumkin.
Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70°
burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida
tig’ning o’t, maslashishiga yo’l qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik
katta olinadi.
Qaychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun
uzunligi bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan
oshmasligi darkor.
Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish
Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan
joy g’adir-budur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta
ishqalanish kuchi paydo bo’lib, tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning
ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b
=1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali po’latdan yasaladi,
qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.
Qaychilar o’naqay (27-rasm, a) va chapaqay (27-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar
bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar
ko’proq qo’llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda
foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi. Bosh barmoq yuqori dasta ustida
turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq
dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori
tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak.
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam
kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal
tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar
orasidan chiqishga harakat qiladi .
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi
itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall
kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l
bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib
yubormaslik kerak.
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak.
Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan
metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin
bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm
)
bo’lishi kerak. Qirqish paytida
listni stolga zich taqab turish kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha
va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi.
Diametri 3mm gacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi.
Stul qaychi va richagli qaychi
Stul qaychilar qo’l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm)
,
pastki
dastasi to’g’ri burchak ostida egilib, uchi o’tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o’tkir
uchi taxtaga yoki dastgohga qoqib qo’yiladi.
Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki butun qo’l
qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul qaychilar bilan 2—3
Dostları ilə paylaş: |