Fanning vazifasi - talabalarga kompyuter tarmoqlarini qurish va ishlash tamoyillarini, internet protokollaridan foydalanishni o‘rganishga qiziqishini oshirish va ularning vazifalarini, qo‘llanish joylarini, ishlatish qonun-qoidalarini, o‘rgatishdir nazariy bilimlar asosida urgatish, ularda hosil bo‘layotgan fizik jarayonlar to‘g‘risida tushincha berish va ko‘nikmani xosil qilish.
Fanni o‘zlashtirgan talaba bilishi kerak
- axborotni olish, uni saqlash, qayta ishlash va qayta ishlashning asosiy usullari, vositalari bilan tanishish;
amaliy kompyuter dasturlarining universal paketlaridan foydalangan holda kompyuter tarmoqlarini tahlil qilish va sintez qilishda kompyuterda mustaqil ishlash texnikasini bilish.
ijodiy vazifa qo‘yish va uni hal qilish usullaridan foydalanishda mustaqil ko‘nikmalarini egallash;
tarmoq protokollaridan foydalangan holda turli sohalarida loyihalarni ishlab chiqish va yaratishlik qobiliyati
- tarmoq kabelini mustaqil ravishda o‘rnatish imkoniyatini bilish
- tarmoq uskunalarini mustaqil ravishda o‘rnatish, sozlash va ulashni bilish
Bilim:
- aloqa tarmoqlarini qurish va ishlatish tamoyillari;
turli maqsadlarda aloqa tarmoqlarini boshqarish usullarining maqsadi va vazifalari;
kompyuter tarmoqlarini raqamlash va sinxronlashtirish;
adreslash tarmoqlari va protokollarni yaratish bosqichlari
- kompyuter tarmoqlarida axborot bilan ishlashning asosiy usullari
Kunikma:
- kompyuter tarmoq’ni loyihalashda dastlabki ma’lumotlarni shakllantirish uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
loyihalashtirishda avtomatlashtirishni standart usullari texnikasi va vositalaridan foydalangan holda aloqa tarmoqlarni loyihalash uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlash va infokommunikatsiya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash;
tarmoq uskunalarini o‘rnatish va ularni sinovdan o‘tkazish ko‘nikmalarini qo‘llash;
kompyuter tarmoqlari loyihalarini ishlab chiqish;
tarmoqlar strukturasini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish usullarini amaliyotda qo‘llash;
trafik va xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va bashorat qilish;
kompyuter tarmoqlari parametrlarini hisoblash usullarini amaliyotda qo‘llash.