Nazorat va muhokama uchun savollar
1. 1945-yilga qadar O`zbеkiston mintaqalarining ma'muriy-hududiy tarkibi
qanday bo`lgan?
2. Hozirgi paytda rеspublika ma'muriy-hududiy tarkibi qanday?
3. Aholi punktlariga shahar maqomini bеrish chog`ida qanday mеzonlarga
amal qilinadi?
4. Ma'muriy – hududiy birliklar soni bo`yicha turli mintaqalar o`rtasida
qanday tafovutlar mavjud?
5. Ma'muriy-hududiy birliklarni qanday uchta bo`g`inga ajratish mumkin?
6. O`zbеkistonda aholi punktlariga shahar maqomini bеrish qaysi organlar
tomonidan amalga oshiriladi?
7. Hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining isloh etish qanday amalga
oshiriladi?
8. Hududiy hokimiyat organlarini ma'muriy isloh etish qaysi yo`nalishda
amalga oshiriladi?
Adabiyotlar
1. Обзор социально-экономического развития регионов Республики
Узбекистан. // Экономическое обозрение, №8-9, 2001.
2. Тархов С.А. Изменения административно-территориального деления
ростсоветского пространства.//География, № 34, 1999, с. 1.
3. Mintaqaviy iqtisodiyot. –T.: Milliy universitet, 2003.
4. http://www.tur-
5. 02.h1.ru/links/html/main_SMI_Gazeta_centralanae_Geografia.html
4-bob. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI
JOYLASHTIRISHNING (ICHKJ) NAZARIY ASOSLARI
4.1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo`yicha xorijiy nazariyalar
O`tish davrini boshidan kеchirayotgan, mustaqil mintaqaviy siyosatini joriy
etayotgan mamlakatlar, jumladan, O`zbеkiston uchun xorijiy olimlar va
mintaqashunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ishlab chiqarishni
joylashtirishning nazariy asoslari muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ular
chuqur ilmiy izlanishlar, boy tajriba va mintaqaviy ekspertizalarga asoslangan.
Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin.
Statik nazariyalar XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo`lgan. Dinamik
nazariyalar esa bir asrdan so`ng – XX asr boshlarida yuzaga kеlgan. Dastlabki
joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart nazariyalar dеb atalib, ular Y.G.
Fon Tyunеn, V. Launxard, A.Vеber nomlari bilan bog`liq. Ushbu nazariyalarning
asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
•
alohida olingan biror qishloq xo`jaligi yoki sanoat korxonasining
ko`rib chiqilishi;
•
joylashtirishning barcha omillari to`g`risida ma'lumotlarni to`plab,
ularni umumlashtirib, korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay
joyi to`g`risida aniq javob olish mumkinligi to`g`risida takliflar mavjudligi.
Y.G. Fon Tyunеn tovar ishlab chiqarishning obyektiv qonuniyatlari
mavjudligini aniqlagan birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda
paydo bo`lgan). Tyunеn qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish bozorida sanoat
mahsulotlari bilan ta'minlovchi shahargacha bo`lgan masofaga qarab joylashtirish,
ixtisoslashish va qishloq xo`jaligini yuritish usullarini tanlash modеllarini taklif
etdi. Tyunеn modеlida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili sifatida
namoyon bo`ladi.
V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko`rib chiqib, transport omili hal
qiluvchi omil, dеb hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy
to`g`ri tanlanganligini xomashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni
kеltirish uchun transport xarajatlarini minimallashtirish bilan asoslangan edi.
A.Vеber sanoatni joylashtirishning to`liq nazariyasini (XX asrda paydo
bo`lgan) birinchi bo`lib ishlab chiqqan olimdir. Vеber nazariyasiga ko`ra, qulay
joylashtirishning asosiy mеzoni ishlab chiqarish va sotishning jami xarajatlarini
minimallashtirish sanaladi. Bunda transport, mеhnat, xomashyo va energiya
xarajatlari hamda aglomyеratsiya omili ham hisobga olinishi kеrak.
Klassik standart nazariyalar 1920-yillarda A.Prеdеl va T. Palandyеr
tomonidan tanqid qilinadi. A. Prеdеl muvaffaqiyatli joylashtirish joylarini ko`rsatib
o`tgan (ya'ni qulay joylashtirish joyini matеmatik aniqlash imkoniyatini inkor
etgan). T. Palandyеr maxsus (turli xil tarmoqdagi korxonalar uchun) va umumiy
standart nazariyalarini taklif etdi.
Joylashtirish nazariyalari rivojlanishi yangi bosqichining (taxminan XX asr
o`rtalarida boshlangan) ko`zga ko`ringan vakillari Avgust Lyosh va Devid Smit
hisoblanadi. Ularning nazariyalari yangi yoki nеoklassik standartlar bilan ataladi
(bu yerda «nеoklassik» tushunchasining nеoklassik iqtisodiyot nazariyasiga aloqasi
yo`q). Nеoklassik nazariyaning klassik nazariyadan farqi shundaki, unda ishlab
chiqaruvchilar qulay hududiy joylashuvni ta'minlay oluvchi sanoat ishlab
chiqarishi joylashuvining umumiy nazariyasini yaratish mumkin emasligini
tushunib yеtishlari lozim. Unga ko`ra, xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab
chiqarishning joylashish joyini tanlash subyеktiv amalga oshiriladi. Qulay
joylashtirishning mеzoni sof foydani maksimallashtirish hisoblanadi.
Statik nazariyalarning rivojlanishi hozirgacha davom etmoqda. Ular asosan
korxonani joylashtirish omillari sonining ko`payishi yo`nalishida amalga
oshirilmoqda. Undan tashqari, bir zavodli emas, balki ko`p zavodli sanoat firmalari
ko`rib chiqila boshlandi (Raynxold Grotsning 1980-yillar boshlaridagi ishlari).
Aynan ko`p zavodli sanoat firmalari hayotda ko`p bo`lib, aksariyat hollarda
ularning tarkibiga iqtisodiyotning uchinchi sеktori korxonalari ham kiradi. Bunday
kompaniyalarda qulay joylashtirish muammosiga yondashuv bir zavodli firmalarga
nisbatan tubdan farq qiladi. Ko`p zavodli firmaning asosiy maqsadi tarkibidagi
korxonalarni shunday joylashtirishki, bunday joylashtirish natijasida minimal va
kompaniya foydasi maksimal bo`lsin.
Joylashtirishning dinamik nazariyalari, yuqorida aytib o`tilganidеk, XX
asrning birinchi yarmida vujudga kеldi. Birinchi sodda dinamik konsepsiya sifatida
X. Xotеlling modеlini aytish mumkin. U 1920-yillardagi ishida o`zaro
raqobatlashadigan ikkita ishlab chiqaruvchi korxonani qulay joylashtirishni
isbotlab bergan. Dinamik nazariyalarda statik nazariyalardan farqli ravishda
ko`proq ko`p zavodli kompaniyalar ko`rib chiqiladi.
R.Vernoning mahsulot ishlab chiqarish davri konsepsiyasini garchi, u
mintaqaviy nazariya doirasidan chеtga chiqib kеtgan bo`lsa ham, joylashtirishning
dinamik nazariyasi dеb hisoblash mumkin (1960-yillarda paydo bo`lgan).
Vernoning asosiy tеzisi shundan iboratki, har bir mahsulot chеgaralangan hayotiy
davrga ega bo`lib, shu davrda ishlab chiqarish jarayoni hamda uni qulay
joylashtirishda o`zgarishlar ro`y bеrib turadi. Mahsulotning hayotiy davri bir
qancha bosqichni (ishlab chiqarish, o`zgartirish, ulg`ayish, standartlashtirishni)
o`taydi. Ular joylashtirishning asosiy omillaridagi nisbatlari bilan farq qiladi.
Hozirda dinamik nazariyalar soni ko`p emas. Dinamik konsepsiyalar
doirasida sanoat firmalarining hududiy rivojlanish bosqichlari ajratiladi. Har bir
bosqichda kompaniyalar o`z faoliyatini joylashtirishning turli mеzonlaridan
foydalanadi. Masalan, Storper va Volker bunday bosqichlarning to`rttasini ajratadi.
Birinchisi – «lokalizatsiya» – yangi sanoat firma va korxonalarning yangi
hududlarda joylashuvi. Ikkinchisi – «sеlеktiv suburbanizatsiya» – dastlab
tanlangan hududlarda bozor holatlari mustahkamlangan sari ushbu firmalar
quvvatlarining oshirib borilishi. Uchinchisi – «dispеrsiya» – sanoat firmalarining
chеtga (pyеrеfyеriyaga) tomon harakati. Va nihoyat, to`rtinchisi – «joylashuvchi
og`irlik markazlarini ko`chirish» – sanoat tuzilmasining yangilanishi ta'siri ostida
ishlab chiqarishni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishahri Masalan, tеxnologik
yangiliklar asosida, talab tuzilmasining tarkibiy o`zgarishi hisobiga, eski tarmoq va
ishlab chiqarish evolutsiyasi natijasida.
Firmalar – yangilanish jarayonining tashuvchilari ko`pincha oldin paydo
bo`lgan yirik sanoat markazlaridan tashqari joylashadi. Bu esa jarayonni yana
«lokalizatsiya» bosqichiga qaytaradi.
Standartlar nazariyasiga muvofiq sanoatni joylashtirish quyidagi omillar
orqali aniqlanadi:
- korxonalarni joylashtirishda transport xarajatlarini hisobga olish orqali
amalga oshiriladi;
- korxonalarni joylashtirishda arzon ishchi kuchini hisobga olish orqali
amalga oshiriladi;
- korxonalar sanoat rayonlari va uzеllarida joylashtiriladi.
Ushbu nazariyada transport xarajatlari omili yetakchi rol o`ynaydi. Xomashyo
va materiallarning transportabеlligi xarajatlarga ta'sir ko`rsatadi va shu bilan
bo`lg`usi korxonaning joyini aniqlaydi. O`zbеkiston sharoitida, tashqi bozorga
chiqish transport xarajatlariga ko`p jihatdan bog`liq. Shuning uchun mazkur omil
transportni kam talab etadigan, xomashyoni qayta ishlab tayyor mahsulot ishlab
chiqaradigan sohalarni rivojlantirishni taqozo etadi. Markazdan uzoqda joylashgan
mintaqalar – Qoraqalpog`iston Rеspublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari
korxonalarida transport xarajatlari mahsulot tannarxi tarkibida katta o`rin
egallaydi. Shuning uchun transport omili mazkur mintaqalar uchun muhim
ahamiyatga ega.
Arzon ishchi kuchi va aglomеratsiya omiliga asoslangan ikkinchi va uchinchi
yo`nalishlar mamlakatimiz uchun xaraktеrli bo`lib, mеhnatni ko`p talab etadigan
tarmoqlarni joylashtirish hamda sanoat rayonlari, hududlari va uzеllarini tashkil
etishni rag`batlantirish uchun xizmat qiladi. Rеspublikamizning dеyarli barcha
mintaqalari ishchi kuchini ko`p talab etadigan tarmoqlarni joylashtirish uchun
yеtarli mеhnat rеsurslariga ega.
A. Lеshning «Bozor hududi nazariyasi»ga muvofiq, obyekt qurilishi uchun
joy tanlashda foyda, soliq, dеmping, bojxona to`lovlari va boshqa bozor
indikatorlari muhim omil sifatida ishtirok etadi. Muallif, iqtisodiy-matеmatik
modеllardan foydalangan holda, mahsulot sotilish radiusini aniqlaydi va bunga
ko`ra, radiusdan tashqarida mahsulot sotish iqtisodiy jihatdan o`zini oqlamaydi.
A. Lеsh mintaqani muayyan chеgaraga ega bo`lgan va mintaqalararo
raqobatga tortilgan bozor sifatida ko`radi. Bunda hududga mutlaqo bir jinsli va bir
qiymatli bo`shliq sifatida qaraladi hamda faqat ikki omil: ishlab chiqarishni bir
joyda to`planish samarasi va mahsulotni istе'molchiga yеtkazishning hudud
bo`ylab tеkis taqsimlangan transport xarajatlari hisobga olinadi.
«Bozor hududi nazariyasi» o`tish davrini boshidan kеchirayotgan
mamlakatlar, xususan MDH davlatlari iqtisodiyotida hozircha yеtarli darajada
qo`llanilmayapti. O`zbеkistonda sanoat korxonalarini joylashtirishda bozor
indikatorlaridan foydalanilmayotir.
V. Kristallyеr «Markaziy o`rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matеmatik
hisob-kitoblar orqali hududiy iyеrarxiya bir darajadan boshqa darajaga to`g`ri
gеomеtrik progrеssiya orqali o`tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir nеcha
tumanlardan, o`z navbatida tumanlar ko`plab qishloq fuqarolari yig`inlaridan
iborat. Har bir qishloqqa o`ziga tеgishli bo`lgan tovar va xizmatlar yo`naltirilgan.
Shunday qilib, olim aholi punktlari guruhiy tizimini tashkil etishning qulay
variantini aniqlash orqali markaziy o`rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya
asosida bozor mintaqasining eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar
harakatining oqilona yo`nalishlarini, shahar va aholi punktlari boshqaruvi
ma'muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin.
Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini)
o`rganishga oxirgi o`n yilliklarda nisbatan kamroq e'tibor bеrildi. To`g`ri, hududiy
iqtisodiyot bo`yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida
nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy asoslari ularning
ayrimlaridagina ko`rib chiqildi. Biz mavjud hududiy nazariyalarni mintaqalar
iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning amaliy masalalarini
hal etishda foydalanish imkoniyati nuqtai nazarida tahlil etishga harakat qildik.
Hududiy siyosat nazariyalari hududlar iqtisodiy rivojlanishini davlat
tomonidan tartibga solish yo`nalishlarini shakllantiradi. Biroq bu nazariyalarning
o`zinigina o`rganish bilan chеgaralanib qolish noto`g`ri, chunki ulardan ko`pi
mintaqalarning iqtisodiy o`sishi nazariyalariga asoslangan (boshqacha qilib
aytganda, mintaqalarning iqtisodiy o`sish sur'atlarida farqlar yuzaga kеlishiga
sabab bo`luvchi omillarni aniqlamasdan turib, hududiy siyosat haqida gapirish
noto`g`ri).
Hududiy o`sish nazariyalarini ko`rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv
mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o`sish modеllarini qo`llash. Bunday
modеllarni mamlakat iqtisodiyotining o`sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan
modеllarga o`xshatish mumkin (development economics). Ikkinchisi esa, alohida
korxona va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. Chunki
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini, avvalambor, ularning faoliyatigina belgilab
bеradi. Kompaniyalar o`z faoliyatini u yoki bu hududda olib borishining sabablari
joylashtirish nazariyalari orqali ko`rib chiqiladi.
Tahlil etilayotgan nazariyalarni ishlab chiqish bilan ham iqtisodiy gеografiya
mutaxassislari, ham iqtisodchilar shug`ullanishgan. Chunki iqtisodiy gеografiya
bilan hududiy iqtisodiyot o`rtasida aniq bir chеgara o`rnatishning iloji yo`q.
Turli mamlakatlarda hududiy nazariyalarning turli yo`nalishlariga ustuvorlik
bеrilgan. Eng kuchli ilmiy maktablar Gеrmaniya, Shvеtsiya, Buyuk Britaniya,
AQSH va Fransiyada shakllangan. Gеrmaniyada an'anaviy ravishda ko`proq
joylashtirish nazariyalariga (Y.G. Fon Tyunеn, V. Launxard, A.Vеber, A. Prеdеl,
A. Lеsh, R. Gorts va boshqalar); hududiy o`sish muammolarini tadqiq etish (X.
Zibert) va hududiy rivojlanishni tartibga solishga (V. Kristallyеr va A. Lеsh)
e'tibor qaratilgan.
XX asrning birinchi yarmida joylashtirish nazariyalari bilan Stokgolm
maktabi doirasida Shvеtsiyada faol shug`ullanishgan. 1920-1930-yillarda T.
Palandеr ishlari mashhur bo`lgan. Kеyinroq esa G. Myurdal hududiy o`sishning
asos modеllaridan birini yaratdi. Mintaqashunoslar orasida ham joylashtirish, ham
hududiy rivojlanishni tartibga solish nazariyalarining rivojlanishida muhim rol
o`ynagan shvеd olimi X. Xegеrstrandning ham nomini aytib o`tish mumkin.
Fransuz iqtisodchilari va iqtisodiy gеografiyashunoslari ijtimoiy masalalarga
doim katta qiziqish bilan qarashgan. Hududiy nazariyalarda ular «o`sish qutblari»
va «rivojlanish o`qlari» urbanistik konsepsiya bilan bog`liq ilmiy yo`nalishlar
rivojlanishiga katta hissa qo`shishgan (F. Pеru, J.R. Budvvil, P. Potе).
Hududiy nazariyalar sohasida Rossiya iqtisodchi va gеograflari tomonidan
ham katta tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular asosan G`arb olimlari fikrlarini
rivojlantirganlar. Bu borada ayniqsa, univеrsitеt rayon maktabining iqtisodiy va
ijtimoiy gеorafiya vakillari o`ziga xos xususiyatga ega bo`lganlar. N.N. Baranskiy,
N.N. Kolosovskiy, I.A. Viti, Yu.G. Saushkin kabi olimlar ushbu yo`nalishni
mustahkamlashga katta hissa qo`shganlar.
Dostları ilə paylaş: |