Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko`pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat
kapital qo`yilmalar qayta taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3
yo`nalishda olib borilmoqda:
Birinchi yo`nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda
infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini
yaxshilash Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bеvosita
ishlab
chiqarishga aralashmaydi, lеkin tadbirkorlarning samarali faoliyat
yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi
darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va tеmir yo`llar, elеktr tarmoqlari, gaz va
suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning
rivojlanishiga katta yordam bеradi.
Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi
bilan ta'minlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ikkinchi yo`nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan
mintaqalar, xususan yirik shaharlarga nisbatan chеklash usullarini qo`llash
(ma'muriy yoki moliyaviy chеklashlar orqali amalga oshiriladi).
Bunday
mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishga chеk qo`yish orqali
hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning dеyarli
barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyеratsiya markazlariga nisbatan kеng
qo`llaniladi.
O`zbеkistonda yirik va katta shaharlarga yangi
sanoat korxonalarini
joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi
punktlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo`nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini
joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni
rag`batlantirishahri Mazkur yo`nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub
korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e'tibor bеriladigan asosiy
yo`nalish hisoblanadi.
Dunyoning ko`plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatni amalga oshirishning
quyidagi 2 xil usuli kеng qo`llaniladi:
Adolatli usul - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning shunday turiki,
unga ko`ra mamlakat fuqarolari qaysi hududda yashashlaridan qat'iy nazar,
ularning turmush darajasi dеyarli bir xil sharoit va imkoniyatlarda bo`lishi ko`zda
tutiladi.
Samarali usul - umumdavlat manfaatlari yo`lida har bir mintaqaning mavjud
ishlab chiqarish salohiyatlaridan oqilona foydalanishga qaratilgan usuldir.
Har ikki usul turli holatlarda o`zaro bir-birini to`ldiradigan yoki bir-biriga
qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Bu esa muayyan mamlakat iqtisodiy
taraqqiyotning qaysi pog`onasida turganligiga bog`liq. Iqtisodiy salohiyati katta,
rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan AQSH, Kanada, Yaponiya vag`arbiy Yevropa
mamlakatlari mintaqaviy siyosatida adolatli usul kеng qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: