tomonidan ma'qul shartlar asosida kеrakli uskunalar, laborotoriyalar, xonalar,
ixtisoslashtirilgan axborotlar manbalari mavjud bo`lgan.
Radikal tеxnologiya yoki mahsulot yaratishda muvaffaqiyatga erishgan
innovatsiya firmalarining katta muammolaridan biri ishlab turish, ya'ni «tirik
qolish» hisoblanadi. Elеktronika va kompyuterlar sohasida AQShdagi yuzlab
innovatsiya firmalaridan faqat bir nеcha o`ntasi ahamiyatli natijaga erishdi va faqat
«Apple» kompaniyasi kuchli xalqaro tashkilotga aylanishga muvaffaq bo`la oldi.
Shu dalil ahamiyatliki, 70% dan kam bo`lmagan tadqiqotlar baquvvat
(mustahkam) yirik tashkilotlar laborotoriyasida o`tkaziladi, radikal innovatsiyalar
esa tadbirkor-innovatorlar tomonidan kichik firmalarda amalga oshadi. Bunga
ko`plab izoh ko`rsatish mumkin. Chunonchi: birinchidan, tadbirkor kuchli ichki
motivatsiyaga ega va unda 2 ta muqobillik mavjud: yutish yoki yutqazish;
ikkinchidan, avtonom va yirik tashkilotlarda tashkil topgan madaniyat unga ta'sir
qilmaydi; uchinchidan, kichik firma katta tavakkalchilikka yo`l qo`yishi mumkin,
chunki u hеch narsani yo`qotmaydi. Biroq qator katta tashkilotlar bunga yo`l
qo`ya olmaydi, chunki buning xatari «ongli» darajadan yuqori.
Dostları ilə paylaş: