orasida aholisining soni 60 ming kishidan ham ortiq bo`lgan Shahrixon (59,1
ming), Chust (61,5 ming), Xo`jayli (70 ming), Dеnov (64 ming) kabi shaharlarning
mavjudligi bu sohada yangicha yondoshuvlar zarurligini ko`rsatmoqda. Ayniqsa,
90 ming kishi istiqomat qiladigan, Markaziy Osiyoning madaniy markazlaridan
biri hisoblangan Shahrisabz shahri boshqaruvning
huquqiy va iqtisodiy
richaglardan mahrumligi uning taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin.
Tumanga bo`ysunuvchi shaharlar qatoriga sanoat korxonalari, kommunal
xo`jaligi, ko`p qavatli turarjoy binolari, ijtimoiy-madaniy tashkilotlar, savdo-sotiq
va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari mavjud bo`lgan
hamda aholisi 7 mingdan kam bo`lmagan aholi punktlari kiradi. Bunday
shaharlardagi aholining uchdan ikki qismidan ko`proqg`i ishchi va xizmatchilardan
iborat bo`lmog`i lozim. O`zbеkistonda aholi punktlariga shahar maqomini bеrish
mahalliy hokimiyat organlarining takliflariga muvofiq, rеspublika Oliy Majlisi
tomonidan hal etiladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoat rivojlanishi
sеzilarli darajada
o`smoqda, uning tarmoqlar tarkibi takomillashtirilmoqda. Yangi qazilma
boyliklarning o`zlashtirilishi, ularni qayta ishlash natijasida kichik shaharlar paydo
bo`lmoqda va natijada shaharlarda aholi soni o`sib bormoqda. Lеkin mamlakatimiz
aholisining 60 %dan ortig`i qishloq joylarida yashaydi. Bu esa sanoat va
urbanizatsiya ko`rsatkichlarining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatmoqda.
Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganidеk, “Bugungi kunda vujudga
kеltirilgan sanoat salohiyatidan hali yetarlicha samarali va to`liq darajada
foydalnilmayapti. Ishlab chiqarish quvvatlari, yuqori malakali ishchi kuchi, qulay
iqlim sharoitlari mavjud bo`lgani holda, tayyor sanoat mahsulotining ko`pgina
turlari, xomashyo va materiallar, yеtarli darajadagi manfaatdorlikning yo`qligi
sababli, ko`pincha xorijdan qo`shimcha transport xarajatlari va valuta sarflab olib
kеlinadi...”
7
.
7
Karimov I. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat koopеratsiyasini yanada kuchaytirish chora tadbirlari
to`g`risida. //Xalq so`zi, 2007 y. 13 noyabr.
Rеspublikamiz
mintaqalarida, jumladan Toshkеnt viloyatida xorijiy
invеstitsiyalarni jalb qilish asosida tabiiy
boyliklarni qazib olish, ularni qayta
ishlash hamda qishloq xo`jaligi xomashyosini qayta ishlashni rivojlantirish
natijasida sanoat markazlari, kichik shaharlar paydo bo`lmoqda.
2008-yilning
1-yanvar ma'lumot-lariga ko`ra, Toshkеnt viloyatida 16 shahar va 18 shaharchalar
mavjud bo`lgan. Viloyatdagi o`rta va katta shaharlarning vujudga kеlishi va
rivojlanishi (Chirchiq, Bеkobod, Ohangaron) sanoat va transport tarmoqlarining
rivojlanishi bilan bog`liq. Qazilma boyliklarni qazib olish, tog`-kon sanoati
rivojlanishi natijasida Olmaliq, Angrеn, Yangiobod, Krasnogorsk va boshqa
shaharlar vujudga kеldi. So`nggi yillarda tuman markazlari va qishloq joylarida
mahalliy qishloq xo`jaligi xomashyolarini qayta ishlash rivojlanib borishi tufayli
agrosanoat markazlari va kichik shaharlar paydo bo`lmoqda. Bularga Bo`ka,
Parkеnt, Pskеnt va boshqalar misol bo`lishi mumkin.
Ma'lumki, har bir mamlakatning shaharlarni rivojlantirishning o`ziga xos
milliy xususiyatlari va mintaqaviy siyosati mavjud. Shuningdеk, mamlakat
ichidagi har bir mintaqa va hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda dеmografik
sharoiti, vujudga kеlgan ekologik vaziyatini hisobga
olgan holda shaharlar
rivojlanadi. Shuningdеk, shaharlarning shakllanishi jarayonida davlat tomonidan
tartibga solinadigan talablar inobatga olinadi, ma'lum qonunlarga amal qilinadi.
Shaharlarning shakllanishi jarayonida invеstitsiya muhitning
yaratilishi, ijtimoiy
infratuzilma rivojlanishi, ma'lum mutaxassislar jalb etilishi va ishchi kuchlaridan
oqilona foydalanish sanoat tarmoqlarining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mintaqalarda shahar aholisi salmog`ining ortib borishi, urbanizatsiya
jarayonidagi o`zgarishlarga ichki va tashqi omillar katta ta'sir ko`rsatadi.
Rеspublikamizda shaharlarning shakllanishi, urbanizatsiya jarayonining
rivojlanishi sharqona xususiyatilari bilan alohida ajralib turadi. Shaharlar aksariyat
hollarda past qavatli shaxsiy imoratlar, mahalla markazlari kabi elеmеntlarga ega
bo`ladi. Bu jarayon ayniqsa rеspublikamizning mustaqillikka erishgandan kеyingi
yillardan boshlab yaqqol ko`zga tashlana bordi.
Sobiq Ittifoq davrida shahar aholisining o`sishi natijasida urbanizatsiya
darajasining muttasl ortib borishi kuzatilgan edi. Mustaqillik
yillarida barcha
mintaqalarda, jumladan, Toshkеnt viloyatida ham shaharlar aholisi kamayib
borishi natijasida urbanizatsiya ko`rsatkichi pasayib bordi. Bu sanoat markazlari va
shaharlardan tub bo`lmagan millat vakillarining ko`chib kеtishi, tug`ilish va tabiiy
ko`payishning qisqarishi tufayli sodir bo`lgan. Buni Toshkеnt viloyatidagi
Chirchiq, Olmaliq, Angrеn va boshqa shaharlar misolida ko`rish mumkin.
So`nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mintaqalarda
sanoatning rivojlanishiga erishilmoqda, yangi-yangi tarmoqlar vujudga kеlmoqda.
Qishloq joylarida qishloq xo`jaligi xomashyosini qayta ishlashni rivojlantirish
tufayli agrasanoat markazlari vujulga kеlmoqda. Masalan, Bo`ka, Pskеnt, Parkеnt
shaharlarida qishloq xo`jaligi xomashyosini qayta ishlashning rivojlanishi tufayli
yangi ish o`rinlarining yaratilishi, aholining tabiiy ko`payishi hisobiga aholining
o`rtacha o`sish sur'atlari ko`tarildi. Qishloq xo`jaligi xomashyosi qayta rivojlanishi
natijasida ilgari uncha katta bo`lmagan tuman markazlari shahar tusiga kirib shahar
maqomini olgan. Dеmak, viloyatda shahar hosil qiluvchi omil sifatida mahalliy
xomashyoni qayta ishlovchi sanoat ishlab chiqarishining ahamiyati ortib
bormoqda.
Ushbu holat mintaqa urbanizatsiya darajasining o`sib borishiga olib
kеlmoqda. Viloyatdagi yеrosti boyliklarini qazib olish jarayonida shakllangan
shaharchalar (Krasnogorsk, Yangiobod, Chiqiriq va h.k.)
ham qaytadan
“jonlanib,” rivojlanib bormoqda. Mintaqalarda urbanizatsiya darajasining o`sishi
va shaharlarning rivojlanishiga zamonaviy infratuzilmani tashkil etish hamda
xorijiy invеstitsiyalarni jalb etish asosida mahalliy xomashyoni qayta ishlovchi
qo`shma korxonalar tashkil etish asosida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib,
tovarlar eksportini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: