O`zbеkiston Rеspublikasining (Konstitutsiyasi kuchga kirgunga qadar) qabul
qilingan rеspublika mе'yoriy-huquqiy hujjatlarining aksariyatida mahalliy o`zini-
o`zi boshqarish organlarining konstitutsiyaviy maqomiga mos kеlmaydigan
qoidalar mavjud edi. Bundan tashqari, mahalliy o`zini-o`zi boshqarishning alohida
masalalarini tartibga soluvchi normalar amaldagi qonun hujjatlari va boshqa
mе'yoriy- huquqiy hujjatlarni o`zgartirishni talab etardi.
Mahalliy o`zini-o`zi boshqarishni tashkil etish va uning faoliyati bilan bog`liq
alohida masalalar qonun hujjatlari bilan to`liq tartibga solinmaganligi ham salbiy
ta'sir ko`rsatmoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining normalari va
qabul qilingan mе'yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy o`zini-o`zi boshqarish
organlarining ehtiyojlarini hali huquqiy jihatdan to`liq qondirolgani yo`q. Bundan
tashqari, mahalliy huquqning ba'zi bir normalari turli talqin qilinayotganligi ham
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlarining amaliy faoliyatida qiyinchiliklar
tug`dirmoqda.
O`zbеkistonning bir qator mintaqalarida mintaqaviy hokimiyat organlari va
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari va alohida mansabdor shaxslarning
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish to`g`risidagi amaldagi qonun hujjatlari qoidalariga
rioya qilmaslik, shu jumladan, mahalliy huquq normalarini bajarmaslik holatlari
qayd etildi. Mahalliy o`zini-o`zi boshqarishni amalga oshirish bilan bog`liq
masalalarni mе'yoriy tartibga solish mеxanizmining nomukammalligi, davlat
hokimiyati organlari va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari o`rtasida
vakolatlar huquqiy jihatdan aniq taqsimlanmaganligi ham salbiy ta'sir
ko`rsatmoqda.
Hal qilinmagan ko`pgina masalalar mahalliy tuzilmalarning moliyaviy-
iqtisodiy mustaqilligi yеtarli darajada ta'minlanmaganligi bilan bog`liq. Mahalliy
mulkni shakllantirish, to`laqonli mahalliy budjetlarni shakllantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish (shu jumladan, davlat moliya rеsurslarini taqsimlashda mahalliy
tuzilmalarning o`ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish), mahalliy tuzilmalar
iqtisodiy faoliyatining barqaror mе'yoriy nеgizini yaratish va boshqa masalalar
shular jumlasidandir.
9.3
Dostları ilə paylaş: