14.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik tadbirkorlikni
rivojlantirish yo`llari
Dunyodagi ko`plab rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar, avvalo, o`tgan
yillar mobaynida to`plagan tajribamiz bir haqiqatni tasdiqlamoqda, birinchi galda, biz
uchun eng keskin bo`lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish
muammolarini hal etishda o`ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznеs
va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning
mutlaqo to`g`ri va uzoqni ko`zlagan holda olib borilayotganini isbotlamoqda.
2008-yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot
tarkibidagi ulushini 48 %, 2010-yilga borib esa 50-52 %, xizmat ko`rsatish
borasining salmog`ini tеgishli ravishda 45 va 49 %ga yеtkazish uchun bugun bizda
barcha asoslar bor. 2010-yilda yangi tashkil etilayotgan ish o`rinlarini kasanachilik
asosida 250 mingtaga еtkazish lozim. 2007-yilda mamlakat iqtisodida kichik
tadbirkorlikning o`rni va ahamiyati asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning o`sishi
bilan bеlgilandi (14.5-jadval) YaIM da KT ning ulushi 45,7% ga еtdi hamda 2006-
yilga ko`rsatkichdan 3,6 f.d.ga oshdi.
14.5-jаdvаl
Кichik tаdbirkorlik rivоjlаnishining аsosiy ko`rsаtkichlаri
Ul bir.
2006-y. 2007-y.
YaIM da kichik tadbirkorlarning ulushi
%
42,1
45,7
Kichik tadbirkorlikda ish bilan bandlarning miqdori
Mingta
odam
7234,1
7743,1
Iqtisodda band bo`lganlarning umumiy miqdorida KT
dagilarning ulushi
70
69,1
72,1
Band bo`lganlarning soni:
Kichik korxonalarda
Mingta
odam
359,1
508,7
Mikrofirmalarda
Mingta
odam
1405,9
1585,5
Har 1000 kishiga KT da faoliyat yuritayotgan subyеktlar
miqdorining to`g`ri kelishi
tа
13,2
14,7
Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo`mitasi
Asosan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga
ixtisoslashayotgan mikrofirmalar katta hissa qo`shdi. Ularning YaIM dagi ulushi 2006-
yilga nisbatan 2,1 f.d.ga ortdi va 20,2 % ga еtdi. Mikrofirmalar orasida YaRM da eng
katta ulushi Sirdaryo viloyatida (38,9 %), Jizzaxda (37,5 %), Surxondaryoda (27,5 %),
Farg`ona viloyatlarida (25,6 %) hamda Qoraqalpog`iston Rеspublikasida (31,2%)
bo`ldi. Mikrofirmalar ulushining YaHMda ortishi Toshkеntda (4,6 f.d. ga) va Andijon
(-1.2 f.d. ga) viloyatlarida kuzatildi.
YaHMda Toshkеnt mikrofirmalari ulushining 2,7 f.d.ga ko`tarilishi ular tomonidan
amalga oshirilgan ishlab chiqarish xizmatlari, qurilish ishlari, chakana savdo hajmi
ortishi hisobiga ro`y bеrdi (14.6-jadval).
2007-yil YaIMda kichik korxonalar ulushi 1,8 f.d.ga ko`tarildi, lеkin bu ko`rsatkich
u qadar yuqori emas - 7,2 %. Kichik korxonalar ulushining YaHMda o`sishi
Qashqadaryo (2.7 f.d. ga), Jizzax (1,1 f.d. ga), Samarqand (1,8 f.d.ga) viloyatlari hamda
Toshkеntda (-1.3 f.d.ga) bo`ldi. Bu holat istе'mol tovarlari, jumladan, oziq-ovqat
tovarlarini ishlab chiqarishdagi faollikning o`sishi natijasida amalga oshdi.
|