Tatbiq qilishga oid biluv topshiriqlari: 1) matndan darak gap ta`rifiga mos kеladigan gaplarni ajratib yozing; 2) darak, so‟roq, undov gaplarning oxiriga qo‟yiladigan tinish bеlgilarini eslab matnni to‟ldirib ko‟chiring.
Kuz
Kuz kеldi bog’da qip-qizil va sap-sariq noklar pishdi ishkomlarda uzumlar zarhal rangda tovlanadi qovun sayli qachon boshlanadi eslaysizmi eh kuz qanday ajoyib fasl.
O`quvchi tevarak- atrofdagi narsalarni, ularning mohiyatini birdaniga emas, balki asta- sekin o`rganadi. O`qish, kundalik faoliyat , kishilar bilan aloqada bo`lish bolalar oldiga yangi-yangi vazifalar qo`yadi. Bolalar grammatik usullar bilan aqliy faoliyat usullarini puxta o`rganib olishsa, ulardan foydalanish yo`llarini aniq his etishsa, ularning ish unumi oshadi.
Biz quyida 3- sinfda “Gap” mavzusini o`rganish bo`yicha dars- reja ishlanmalarini keltirib o`tamiz.
Dostları ilə paylaş: |