O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor bilan muloqot qilishining ahamiyati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə146/168
tarix11.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#119315
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168
ТБПК.ХОЛМАТОВА.

4.11. Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor bilan muloqot qilishining ahamiyati
Narkoz (yun. narcosis – karaxtlik) – sun’iy yo’l bilan (ba’zi kimyoviy moddalar va boshqa omillar ta’sirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi.
Qadim zamonlardan beri bemorlarni jarrohlik usulida davolash vaqtida insonning yuqori og’riq sezgisini yengib o’tish muammosini hal qilish zarurati olimlar va shifokorlarni tashvishga solib kelgan. Qadim zamonlardan buyon insoniyat og’riqsizlantirishning ishonchli va xavfsiz usullarini aniqlash maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar va hozirgi kunda og’riqsizlantirish usullarini o’rganadigan alohida fan ham mavjud bo’lib, bu anesteziologiya fanidir. Hozirgi kunda anesteziologiya fani og’riqsizlantirish usullarini takomillashtirish yo’lida izlanishlarni davom ettirib, umumiy og’riqsizlantirish vaqtida tanada salbiy ta’sir va keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Anesteziologiya – og’riqsizlantirish to’g’risidagi fan bo’lib, operatsiya jarohatining bemor tanasiga nojo’ya ta’siridan himoya qilish usullarini o’rganadi. Zamonaviy nuqtai nazardan, anesteziologiya – tanani jarrohlik jarohati va uning oqibatlaridan himoya qilish, jarrohlik aralashuvi vaqtida hayotiy funksiyalarni nazorat qilish va boshqarishdir. Jarrohlik amaliyoti odam organizmi uchun nafaqat og’riqli, balki ma’lum bir darajada agressiv omil ham hisoblanib, buning natijasida organizmda kompensatsiya-adaptiv reaksiyalar kompleksini ham keltirib chiqaradi.
Anesteziyaning asosiy turlari.
Umumiy og’riqsizlantirish (anesteziya) – sun’iy tarzda markaziy asab tizimining faoliyatini susaytirish bo’lib, bunda bemor chuqur uyqu holatida bo’ladi va bu jarayon qayta orqaga qaytarilishi mumkin. Narkozda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi, reflekslarning ayrim turlari ham yo’qoladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish – inson organizmining ma’lum bir qismini, kishi ongi yoki es-hushini saqlab qolgan holda, sun’iy ravishda og’riq sezuvchanligini yo’qotishdir.
Anesteziyaga tayyorgarlik.Bemor anestezilog ko’rikdan o’tkazilib, quyidagilar aniqlanishi shart:

  • bemor umumiy ahvolini baholash;

  • anesteziya o’tkazilishiga nojuya ta’sir qiluvchi omillarni bemor anamnezidan so’rab aniqlash;

  • klinik va laborator ma’lumotlarini baholash;

  • jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash;

  • anesteziya usulini tanlash;

  • premedikatsiya xarakterini aniqlash.

Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya paytida va operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini kamaytirish maqsadida dori preparatlarini kiritishdir.
Premedikatsiya vazifalari:

  • bemor hissiy qo’zg’alishlarini pasaytirish;

  • neyrovegetativ stabilizatsiya;

  • bemor organizmining tashqi ta’sirotlarga reaksiyasini kamaytirish;

  • anestetiklarning ta’siri uchun qulay sharoit yaratish;

  • narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish;

  • so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish.

Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy og’riqsizlantirish turlari:
1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar bemorning nafas olish sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi):
a) maskali;
b) traxeya ichi.
2. Tomir orqali.
3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida esa nafas yo’llari orqali kiritiladi).
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari:

  • Laringit, traxeobronxit.

  • Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish yo’llariga kirishi).

  • O’pka atelektazi.

  • Zotiljam

  • Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to’xtashi.

  • Intubatsiyadagi shikastlanishlar (halqum, hiqildoq va traxeya shikastlanishlari).

  • Oshqozon-ichak traktining motor faoliyatidagi buzilishlar: ko’ngil aynishi, qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak parezi.

  • Siydikning tutilishi.

  • Gipotermiya.

  • Miya shishi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin