O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə135/168
tarix11.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#119315
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
ТБПК.ХОЛМАТОВА.

Nazorat savollari:

  1. Yatrogeniya nima?

  2. Yatrogeniyaning qanday turlarini bilasiz?

  3. Yatropatogeniya va uning profilaktikasi.

  4. Evtanaziya nima va uning qanday turlari bor?

    1. Operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parvalishlash

Operatsiyaga bolalarni tayyorlash. Xirurgiya bo’limlariga keladigan bemorlarni ko’pchiligi operatsiya bo’ladi. Bemor bo’limga yotgandan operatsiya oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar bo’ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo’yicha operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a’zo va sitemalarni funksional holati o’rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o’tkaziladi. Bu davrdagi harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o’tkaziladi) va maxsus (faqat ma’lum operatsiyalardan oldin o’tkaziladi) harakatlarga bo’linadi.
Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash. Ba’zi xirurgik kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o’smalar bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday holatlarda operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi.
Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i, buyrak va siydik chiqarish a’zolaridagi katta va travmatik operatsiyalardan oldin, shuningdek ba’zi ortopedik operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo’shimcha ravishda bolaning hayotiy zarur a’zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy elektrolitlarni miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi holatlarda qon ivish faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish juda zarur.
Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo’lim profiliga ko’ra bemorlarni operatsiyaga tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo’yi va tana vaznini o’lchash; arterial qon bosimini o’lchash; qon va siydik tahlili; qon guruxi va rezus-faktorni aniqlash; ko’krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi. Qon bioximik tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo muolajalari buyuriladi: ratsional va to’g’ri ovqatlantirish, qon va boshqa oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul’tura va h.o. Tayyorlov ba’zan bir necha haftagacha cho’zilishi mumkin. Tayyorlov bosqichini samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko’rsatkichlarini yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning uchun ham buyurilgan muolajalarni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilishini ta’minlash, davriy bemor tana vaznini o’lchash zarur hisoblanadi. Ba’zi bemorlar bo’limga kasallik xarakteriga bog’liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o’zgarishlar natijasida o’rta og’ir yoki og’ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi o’zgarishlar surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa sabablarga ko’ra bo’ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini pasayishi va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi operatsiya muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi, ya’ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o’zgarishlar korreksiya qilinadi.
Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.
His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo’rquvchi bolalar ko’pincha gapirishadi: ”Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman” yoki “Meni qachon operatsiya qilishadi?”, “Menga og’riqli bo’ladimi?”. Bunday bolalar og’riqni juda qiyin qabul qilishadi, og’riqqa sezgirligi yuqori bo’ladi, operatsiyadan keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo’lsa dorilar bilan tayyorlanishi, ota-onasi chaqirilishi lozim. Shifokor o’z vaqtida bemor negativ psixik holati to’g’risida ogohlantirilishi, o’z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi to’g’risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim.
Ba’zan savol tug’iladi, ya’ni bolaga operatsiya bo’lishi to’g’risida gapirish kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab o’quvchisi bo’lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi to’g’risida bilishadi (nonushtani to’xtatish, anesteziolog ko’rigi, premedikatsiya va h.o.), hattoki bo’ladigan soatigacha. Shuning uchun ham ulardan yashirishni hojati yo’q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa “operatsiya” so’zidan qo’rqishadi, vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. Shu sababli ham ularga “Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz” yoki shunga o’xshash so’zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so’kish umuman mumkin emas. Yuqori sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma xurujiga moyilligi bor bolalarga tinchlantiruvchi – “kichik trankvilizatorlar” beriladi.
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko’p hollarda xirurgik kasallik turi va bola yoshiga bog’liq bo’ladi.
Operatsiyadan bir kun oldin shifokor infeksiya xavfini kamaytiruvchi muolajalar o’tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik van­na qabul qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. Operatsiyadan bir kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Asosan ho’qna oraliq va orqa teshikda o’tkaziladigan operatsiyalarda juda muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima berilmaydi va ichirilmaydi.
Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy o’rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma “mayda-chuydalarga” e’tibor qaratishi lozim. Masalan, balog’at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli boshlansa hamshira bu haqda shifokorga aytishi kerak, sababi hayz davrida rejali operatsiya o’tkazilmaydi.
Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli bolalarni (hazm qilish trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar yotqiziladi.
Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan operatsiya turi va og’irligiga bog’liq bo’ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli bo’lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi.
Yana ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o’tkazadi. SHu sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o’lchash va shifokorga aytish lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo’lsa shifokor haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi.
Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. Cho’zilgan har bir soat bola ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa tayyorlanadi.
Shoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin oshqqozonga zond qo’yiladi va oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan keyin kam vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya bo’lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi.
Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya (appenditsit, peritonit, osteomiyelit, dest­ruktiv pnevmoniya va h.o), har xil turdagi ichak tutilishlari (tug’ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish sababli o’tkaziladi.
Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul bo’limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobi­n, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi.
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga ega. Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim o’lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda qon o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya xonasiga olib kiriladi.
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik tekshiruvga tayyorlanadi.
Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir holatdan chiqarish lozim, aks holda u operatsiyani ko’tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi.
Shunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda katta o’rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq bo’ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv-tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin