Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishi Maqsad: Ko’z yiringli kasalliklarini oldini olish.
Ko’rsatma: Ko’zlardan yiringli ajralma ajralishi yoki ertalab turganda kipriklarning yopishib turishi.
Zarur ashyolar: 8-10 ta paxtali shariklar; 2 ta steril buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan paxta shariklari uchun; ikkita steril marlyali salfetka; och pushti rangda tayyorlangan kaliy permanganat yoki 1:5000 nisbatda tayyorlangan furatsillin eritmalari.
Bajarish tartibi: Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi.
Buyrak shaklidagi idishga (lotok) biroz miqdorda antiseptik eritmasi quyiladi.
Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi.
O’ng qo’lning 1 va 2-barmoqlariga antiseptik eritmaga namlangan paxta sharigi olinadi va biroz siqiladi.
Bemor ko’zlarini yumib turish buyuriladi. Bir ko’z uning tashqi burchagidan ichki burchagiga yo’naltirilgan holda artiladi.
Setril salfetkalar yordamida ko’zlardagi antiseptik modda qoldiqlaridan artib olinadi.
Amalni ikkinchi ko’zda ham huddi shu asnoda bajariladi.
Eslatma. Bir ko’zdagi infektsiyani ikkinchi ko’zga o’tishini olidini olish maqsadida, har ko’z uchun alohida sharik va salfetkalardan foylanish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari: Kasalxona ichi infektsiyasi nima?
Kasalxona ichi infektsiyasi rivojlanishi sabablarini ko’rsating?
Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilariga nimalar kiradi?