O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə147/168
tarix11.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#119315
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168
ТБПК.ХОЛМАТОВА.

Tana haroratini o’lchash texnikasi
Maqsad: bemorning holatini kuzatish. Kasalxonada davolanayotgan barcha bemorlar kuniga 2 marta tana harorati o’lchanadi: ertalab soat 6-8 da va kech soat 16-18 larda, va yana zarurat bo’lganda ham o’lchanadi.
Zarur ashyolar:

  • Tibbiy termometr.

  • Buyrak shaklidagi idish (lotok yoki maxsus tog’ora).

  • Sochiq.

  • Harorat qayd qilinadigan daftar.

  • Harorat varag’i.

  • Dezinfeksiyalovchi eritma uchun idish.

  • Toza termometrlarni saqlash uchun idish.

  • Momiq paxta.

Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash
Amalni ketma-ketligi:

  1. Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting.

  2. Bemor o’tirtiriladi yoki yotqiziladi, bemor yonida issiq suvli shisha, muz to’plami yoki isitish asboblari (grelka) yo’qligiga ishonch hosil qiling.

  3. Mahalliy yallig’lanish jarayonini inkor qilish uchun qo’ltiq sohasini ko’zdan kechiring, chunki o’lchov natijalari ortiqcha baholanishi mumkin.

  4. Qo’ltiq sohasini quruq sochiq bilan arting, chunki namlik simobni sovutishi mumkin.

  5. Termometrni qo’ltiq ostiga qo’ying, simob rezervuarining tana terisiga har tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling.

  6. Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib turishga yordam bering.

  7. 10 daqiqadan so’ng termometr ko’rsatgichini ko’ring va bemor haroratini aniqlang.

  8. Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo’lsa, o’lchov natijasini haroratni qayd qilish daftariga yozib qo’ying.

  9. Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang.

  10. Termometrni suv bilan dezinfeksiyalovchi hid yo’qolguncha yuvib tashlang va toza sochiq artib quriting.

  11. Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq idishga solib qo’ying. Idishga "Toza termometrlar" degan yozuvni yozing.

  12. Harorat jadvalidagi o’lchov natijasini grafik yozuv ko’rinishida kiriting (bitta katakchanin farqi 0,2°C).


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin