Isitkichni ishlatish Ta’sir mehanizmi: silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi.
Ko’rsatma:
5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi tekshiriladi (yaqqol giperemiya).
Isitkich sovugandan so’ng olinadi.
Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya qilinadi.
Asorati:
Kuyish.
Teri pigmentatsiyasi.
Izoh: terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan qo’yiladi. Kompress Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga ishlatiladi.
Ko’rsatma: lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri.
Qarshi ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok.
Kerakli anjomlar:muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan doka.
Muolajani bajarish bosqichlari: Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi.
Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi.
Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab).