Bemorlarni yuvintirish Maqsad:Gigiyenaga rioya qilish, yotoq yaralarni, bichilishlarni oldini olish.
Ko’rsatma: Siydik qopini kateterlash, siydikni tahlil qilishga olish, ginekologik manipulyatsiyalar. Yotoq rejimdagi hamma bemorlar ertalab, kechqurun va har ichi kelgandan va siygandan keyin yuvintiraldi.
Kerakli anjomlar: Taglik kleyenka; metall yoki plastmassa sudna; “Yuvintirish uchun” yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S) iliq suv; 5% kaliy permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok; rezina qo’lqop.
Bemorlarni yuvintirish texnikasi: Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo’lguncha.
Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta bilan yopilgan bo’lishi shart.
Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga ozgina quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar suv harorati qoniqarli bo’lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi.
Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng qo’lga paxtali kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi.
Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va teri quritiladi, huddi yuqoridagi ketma-ketlikda.
Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam beriladi.
Erkaklar ham yuqoridagi ko’rsatmalar bo’yicha yuvintiraladi. Yuvintirishda “markazdan pereferiyaga” prinsipiga amal qilish kerak, ya’ni olat boshidan chov sohaga qarab.
Izoh. Yarim yotoq rejimdagi bemorlarga bidedan foydalanish o’rgatiladi, agarda u bo’limda bo’lsa.