kamayadi. Shuning uchun ob’ektning xar xil yuklariga avtomat rostlagichlarning
turlicha optimal rostlanishlari to’g’ri keladi.
Agar rostlanuvchi ob’ektga g’alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir
ko’rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas, balki bir
muncha vaqt o’tgandan so’ng o’zgaradi, ya’ni ob’ektda jarayonning kechikishi
hosil bo’ladi. Modda (energiya)ning yaqinlashishi yoki sarf o’zgarishi bo’yicha
oniy (pog’onali) g’alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. Shuning uchun
rostlash tizimlari pog’onali g’alayonlanish uchun mos hisoblanadi.
Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi bilan
izohlanadi. Sof (yoki transport) va oraliq (sig’imli) kechikishlar mavjud.
G’alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko’rsatilgan momentdan boshlab
rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o’zgara boshlagan paytgacha o’tgan vaqt
sof kechikish deyiladi. Bu vaqt modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va
g’alayonlovchi ta’sir ko’rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning hozirgi
qiymati o’lchanadigan nuqta orasidagi masofadan aniqlanadi. Sof kechikish tashqi
ta’sirning shakli va miqdoriga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani
vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo’lsa,
ob’ektda sof kechikish mavjudligi chiqish signalining faza bo’yicha kechikishga
olib keladi.
.
2
Dostları ilə paylaş: