. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir. O’qituvchiningko’pqirralivamurakkabfaoliyatizaminidayoshavlodniodobli, e‘tiborliqilibtarbiyalash, ularniilmiybilimlarbilanqurollantirishkabivazifalaryotadi. Bularniamalgaoshirishesao’qituvchiningxilmaxilfaoliyatigabog’liq: yoshlarnio’qitish, maktabdanvasinfdantashqaritarbiyaviyishlarnitashkiletabilishvao’tkazish, ota-onalaro’rtasidapedagogiktarg’ibotishlarnitashkiletabilishxamdao’tkazishvahakozo. Bularningbarchasio’qituvchidanchuqurbilimlargaegabo’lishni, o’zsoxasinimukammalbilishni, bolalarnisevishnitalabetadi.
Ta'lim bilish faoliyatining turi sifatida bir necha asosiy ma'noni anglatadi. Ya'ni bu: o'quvchilarda bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish; ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlarni shakllantirish;o'quvchilarning o'qimishli, madaniyatli, ma'naviyatli bo'lishga erishish; ularning bilish qobiliyatlarini o'stiradigan jarayondir iborat.
Ta'lim jarayoninig ikki toionlama harakteri. O'qitish jarayoni ikki faoliyatni ya'ni o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchi faoliyati o'quv materiallarini bayon qilishdan, o'quvchilarda fanga qiziqishni tarkib topdirishdan, ularning mustaqil ishlariga, ko'nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o'qishga xohishini uyg'otish, rag'batlantirish kabi butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir.
O'qitish jarayonining ikkinchi tomoni o'quvchining faoliyati bo'lib, u o'quv fani materiallarini o'zlashtirishdan iborat. Ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Bular asosan o'quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyalari o'stirib boradi, ularda e'tiqod tarbiyalanadi.
Maktabda ta'limi uchta funksiyani bajaradi. Ya'ni: birinchi funksiyasi o'quvchilarga biror-bir fandan tegishli ma'lumot beradi. Bu har bir fanning xususiyati va mazmunidan kelib chiqadi. Ikkinchi funksiyasi o'rgatayotgan, berayotgan ma'lumot mazmuniga mos tarzda o'quvchilarni tarbiyalaydi ya'ni, ilmning amaldagi ahamiyatini, unga o'quvchining munosabatini, kishilarga xos insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi, xullas inson shaxsini shakllantiradi. Uchinchi funksiyasi, ta'limning ma'lumot va tarbiyalovchi funksiyalari o'quvchi shaxsini rivojlantiradi, umuman etuk shaxsni shakllantirishga yo'naltiradi.
Maktablarda ta'lim uchta funksiyani bajaradi: Birinchidan o'qitayotgan fandan o'quvchilar uchun hali noma'lum bo'lgan ilmiy bilimlar bilan tanish-tiradi. Har bir o'qituvchi o'zi o'qitadigan fan bo'yicha o'quvchilarni ilmiy bilimlar berish vazifasini amalga oshiradi. Ana shu vazifa ta'limning o'rgatuvchi funksiyasi deyiladi. Masalan, matematika fanidan hisob kitobga oid bilimlar berib boriladi.
Shu bilan bir vaqtda dars jarayonida shu fanning ilmiy bilimlariga asoslanib o'quvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, oldingi misolimizdagi matematika fanining inson hayotidagi ahamiyati, o'rni muhimligini tarbiyalaydi. Ana shu funksiyasi ta'limning tarbiyalovchi vazifasini yuzaga keltiradi.