O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/55
tarix19.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133346
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


R.N.ERGASHEV, G.M.ERGASHEVA, M.X.ESHONQULOVA

BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI

Respublika oliy o‘quv yurtlarining “Boshlang‘ich ta`lim va sport- tarbiyaviy ish” bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalari uchun darslik




TOSHKENT-2022

Mazkur darslikda “Boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi, integratsiya va innovatsiyasi” fanining asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari yoritilgan bo`lib, “Pedagogika”, “Integratsiya”, “Innovatsiya” kabi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
Darslik Oliy o’quy yurtlarining 5111700 - “Boshlang‘ich ta`lim va sport- tarbiyaviy ish” bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan.


Mualliflar: R.N.Ergashev, G.M.Ergasheva, M.X.Eshonqulova
Taqrizchilar: JizPI “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professori,
p.f.d. J.A.Xamidov
GulDU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti,
p.f.n. H.Abdukarimov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 31 maydagi “231”-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan.

K I R I SH


Mustaqillik yillarida respublikamizda kadrlar tayyorlash va ta’limni tashkil etishning jahon standartlariga javob bera oladigan samarali tizimi yaratildi.


Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’limni modernizatsiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimida yanada rivojlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ 2909-son qarori, 2017 yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish chora- tadbirlarlari to‘g‘risida”gi PQ -3151-son qarori, 2017 yil 9 avgustdagi “ Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ – 3775-son qarori qabul qilindi. Davlatimiz rahbari bolalar tarbiyasi jarayonida o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘daklardan fikr va tafakkurni to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni tarbiyalashning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi haqida to‘xtalib o‘tganlar. Shunday ekan, bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqqan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limning integrativ xarakterini, o‘zining bo‘lajak kasbiy faoliyatining integrativ yo‘nalganligini aniq his qila olishi, ushbu vazifalarni hal etish uchun tashkiliy jihatdan ham, mazmuniy jihatdan bajara olishlari zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida integratsiyalash zarurati unda kasbiy kompetentlikni shakllantirish
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda etuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ta’lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta’lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalar kirib kelmoqda. Respublikamiz mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya tiziminini tubdan isloh qilish maqsadida bir qator asoslarnini ishlab chiqdi. Milliy pedagogikamizning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, ta’lim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug’ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular ta’limdagi milliy xususiyatlarga alohida e’tibor berishgan. Mustaqillik yillariga qadar ularning pand-o’gitlari еtarli darajada o’rganilmadi. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi nihoyatda gullab-yashnagan. Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib qoldirganlar.
Bugungi kun o’zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so’nggi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o’zbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o’zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o’zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu o’zgarishlarga hamohang bo’lmog’i darkor. Shularni nazarda tutgan holda ushbu darslik yaratildi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin