O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə46/55
tarix19.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133346
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Natijal bosqichi

O‘qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash
maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun
pedagogik bilimlarni qo‘llaydi. O‘quvchi bilimlar tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo‘llaydi.

6

Nazorat qilish bosqichi

O‘qituvchi bir-biri bilan bog‘langan predmetlarga o‘quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, o‘zlashtirishlarini baholaydi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo‘yicha o‘z-
o‘zini ham, ularni birlashtirish ko‘nikmalarini ham nazorat qiladilar.

Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim berish) va o‘quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.


Ta’limni tabaqalashtirishni rad etmaydigan, uni to‘ldiradigan integratsiyani ta’lim tizimiga kiritish, jamiyatga yaxlit dunyoqarashga, o‘zidagi bor bilimlarini mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondoshish qobiliyatiga ega bo‘lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalab, kamolga etkazishda an’anaviy predmetlarga bo‘lib o‘qitishga nisbatan ko‘proq yordam beradi.


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Integratsiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omilini izohlang.

  2. Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashtirishga nima uchun zaruriyat yuzaga keldi?

  3. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning qanday metodikalari bor?

  4. Savod o‘rgatish darslari haqida malumot bering.



    1. Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish


Jamiyat ma’naviyatining asosiy negizini unda yashayotgan kishilar ma’naviyati tashkil qiladi. Bunday kishilar o‘z-o‘zini anglaydigan kishilardir. Ana shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatiga ularning bevosita ta’siri bor. Bu haqda quyidagi fikr ahamiyatlidir:


“Faylasuf I.Kant, o‘z-o‘zini anglash axloqiylik va ma’naviy mas’uliyatning zarur shartidir, deb hisoblagan edi. Chamasi, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi bizni faol xizmat ko‘rsatishga da’vat etadi, lekin bunday faoliyat odamni qayerga olib borishi ko‘p jihatdan u kishi qanday hayotiy-axloqiy qoidalami o‘ziga dastak qilib olganligiga bog‘liqdir. Bunday shaxslar tabiatan yaxshilikka intiluvchan bo‘ladilar, o‘zlarini qiynab bo‘lsa ham yomonlikka nisbatan keskin kurash olib boradilar va g‘alabaga erishmaguncha bu kurashni to‘xtatmaydilar”.
Demak, oilada va ta’lim muassasalarida eng yaxshi va olijanob an’analar hamda urf-odatlar ruhida tarbiyalangan o‘quvchi – yoshlar o‘z-o‘zini anglashga, o‘zligini namoyon qilishga harakat qiladi. Unday bolalarga shafqatsiz taqdirning zarbalariga mayuslik bilan bo‘yin egib turish yotdir. Ularda orqaga chekinishga xohish bo‘lmaydi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari ikkilanmasdan harakat qiladi hamda ular qiyinchiliklarga kurasha oladi. Qiyinchiliklarni va muammolarni engib o‘tib, g‘alaba qozonishni ular o‘zlariga sharaf deb biladilar. Ana shunday o‘quvchi- yoshlarni yaxshilikka muhabbat, yomonlikka nafrat ruhida tarbiyalash samarali kechadi va ulardan o‘z oilasi ham, jamoasi ham. jamiyat va davlat ham foyda
ko‘radi, chunki bular tezda ma’naviy barkamol shaxslar bo‘lib shakllanadi. Bu qayd etilgan insonning ma’naviy sifatlari, insonning ma’naviy barkamolligi qirralaridir.
Insonning ma’naviy barkamolligiga xos xislatlar to‘g‘risida quyidagi mualliflar jamoasining fikri ham nihoyatda ahamiyatlidir:

  • ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo‘ni- qo‘shnilari, mahalla-kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi haqida qayg‘urish;

  • Tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo‘lgani singari, o‘zi ham ularga kerak bo‘lishiga intilish; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash;

  • ota-bobolaridan, ajdodlaridan yodgorlik bo‘lib qolgan madaniy merosini qadrlash;

  • milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularining barqaror bo‘lishi;

  • o‘zaro muammo – munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning og‘irini engil qilishni odat qilish;

  • umumxalq ma’qullagan, davlat tomonidan qonuniy deb qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatish;

  • Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash;

  • diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish;

  • va’daga vafoli bo‘lish va boshqalar.

Demak, jamiyat va xalq ma’naviyatini shakllantirish uchun o‘quvchi- yoshlarning ma’naviy barkamolligini yuksaltirish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonda o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy barkamolligini shakllantirishi ulardagi mustaqillik mafkurasi hamda milliy g‘urur bilan sug‘orilganligi asosiy e’tiborda bo‘lishligiga imkoniyat yaratadi.
Qayd etilgandek ma’naviy barkamollikni ta’minlashda o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tarbiyasi hozirda juda zarur, chunki hozirgi globallashuv jarayoni shiddat
bilan yuz berayotgan davrda ular ongiga turli zararli g‘oyalar, hech bo‘lmaganda bunday g‘oya elementlari singdirilib qolishi hech gap emas. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunga hozirda oilalarimizda ham, ta’lim muassasalarimizda ham еtarli shart-sharoit va imkoniyatlar bor. Quyida ular to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiramiz:

      1. Oilalardagi ota-onalarning o‘z farzandlari ma’naviy tarbiyasiga oid ma’lumotlarga egaligi va bunda har bir oilada farzandlariga nima yaxshi-yu, nima yomon, nimani qilish mumkin-u, nimani qilish mumkin emas kabilarni o‘rgata olishi hamda o‘zaro munosabatlarda kattalarning hurmatini, kichiklarning izzatini o‘z o‘rniga qo‘yishini farzandlari ongiga singdira olishi, kiyinish va ovqatlanish hamda salomlashish odoblarini o‘z farzandlarini odatlantira olishiga shart-sharoit borligi, aks holda bunday imkoniyatlar bo‘lmagan oilani milliy-ma’naviy oila deb bo‘lmaydi. Bunday oilalar ma’naviyati bilan shug‘ullanish alohida tarbiyaviy jarayonni talab etadi va bunda “oila – maktab – mahalla” hamkorligida faoliyatga ko‘proq e’tibor beriladi. Bunga hozirda jamiyat institutlari bor;

      2. Mamlakatimizda doimo sog‘lom muhitda yashovchi o‘quvchi- yoshlarimizni tarbiyalashning uzluksiz va mukammal tizimi bor. Ulardan ba’zilari nafaqat ta’lim muassasalarida, balki maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya maskanlarida ham olib borilmoqda;

      3. Oiladagi ota-ona ibrati va mahallalardagi, qolaversa, yurtimizdagi namunali oilalar hamda ulug‘ insonlar (mustaqillik qahramonlari, kasb-hunarning etuk ustozlari, zamonaviy ma’rifatparvar ziyolilari va shu kabilar) turmush tarsi va hayoti faoliyatimis olida o‘quvchi-yoshlarimizga ma’naviy barkamollikning ayrim qirralarini singdirish mumkin. Bunda yuqorida qayd etilgan ota-onalar, ulug‘ insonlar hamda mahallalardagi namunali oilalardan ibrat-namuna sifatida foydalaniladi. Bu yo’nalish ham samarali kechadi. Bunga sabab ibrat-namuna – hayot dorilfununidir;

      4. Oilalarda va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim muassasalaridan doimo sog‘lom ma’naviy muhitni saqlashga shart - sharoit borligi. Faqatgina bunday jarayonlarni shakllantirishda sog‘lom ma’naviy ehtiyojga sinchikovlik

bilan e’tibor berish kerak, chunki u insonning qalbini nurga va ziyoga, yaxshilik va ezgulikka to‘Idiradi va bu sinchikovlik o‘quvchi-yoshlarimizni yomon illatlardan himoya qiluvchi tarbiyaviy vosita hisoblanadi;

      1. O‘zbek xalqining boy ma’naviy boyligi va intellektual mulklari haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchi - yoshlar ongi va qalbiga singdirib borishga shart- sharoitlar etarliligi, ya’ni hozirda har bir xonadonda oilaviy axborot vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligi, xususan, televizorning borligi (faqatgina bunda tele eshittirishlardagi ular yoshlariga moslarini ko‘rishiga ruxsat berilishi lozim bo‘ladi. Ular jumladan quyidagiIardan iborat bo‘lishi mumkin: “Ertaklar – ezgulikka etaklar”, har xil intellektual o‘yinlar, “Qonun va ijro”, “Izla, o‘yla, top”, Odam savdosiga oid reklama materiallari va shu kabilar); yoshlarning yoshi va ongu tafakkuriga mos kitoblar, badiiy va hujjatli asarlar, kinofilmlar, videofilmlar, multimedia vositalari, kompyuterlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida filmlar va shu kabilardan muntazam foydalanib borishga imkoniyatlar bor. Bular o‘quvchi

-yoshlarga (oilada farzandlarga) ma’naviy ta’sir ko‘rsatishning “Imogoterapiya” usulini qo‘llashga ham keng imkoniyatlar yaratadi.

      1. O‘quvchi-yoshlarimizni salbiy holatlarga nafrat ruhida tarbiyalashda bunday holatlarni hosil qiluvchi jarayonlardan dalil-isbot sifatida foydalanishga oilada ham, ta’lim muassasalarida ham shart-sharoit bor. Bunday salbiy holatlar – illatlarni quyidagilar misolida amalga oshirilsa, tarbiya jarayoni samaraliroq va hayotiyroq kechadi: chaqimchilik, Vatan furushlar, yolg‘onchilik, qo‘pollik, o‘g‘rilik, dangasalik, kashandachilik, andishasizlik, imon-e’tiqodsizlik, loqaydlik va shu kabilar. Ushbu holatlarni o‘quvchi-yoshlar ongiga “sabab va oqibat” tizimi asosida singdirish kerak. Bular orqali o‘quvchi-yoshlarni hayotga qat’iy e’tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga erishish mumkin;

      2. O‘quvchi-yoshlarni o‘z xalqiga e’tiqod ruhida tarbiyalashga boy ma’naviy meroslar etarli. Ular: “Avesto” nomli muqaddas kitobdagi “Ezgu uy →Ezgu so‘z

→ Ezgu amal» tizimida inson va uning qadr-qimmatini ulug‘lashga bo‘lgan
qarashlar; “Qobusnoma” va “Temur tuzuklari” kabi manbalar; Xalq qahramonlari (Spitamen, Muqanna, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Amir Temur va shu kabilar) jasorati; “Bobolarimiz deydilar” ruknidagi rivoyat va hikoyalar, o‘gitlar va shunga o‘xshash xalqimiz jasoratini ifodalovchi manbalar;

      1. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar orasida ogohlikka oid turli mavzularda davra suhbatlarini uyushtirishga shart-sharoitlar etarli. Ularni ko‘pincha guruhlar o‘rtasida musobaqa, quvnoqlar va zukkolar, savol-javob o‘yinlari, xayoliy sayohatlar, sahna ko‘rinishi, multfilm yoki filmlar tomosha qilish, ertaklar olamida kabi ruknlarda olib borish maqsadga muvofiq. Bunga sabab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari anchagina his-hayajonga beriluvchan bo‘ladi. Bu esa ularni salbiy holatlar va zararli oqibatlarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalashda qo‘l keladi;

      2. Boshlang‘ich ta’limda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning umummazmunini o‘quvchi- yoshlarni ogohlik, hushyorlik, sergaklikka chorlash mumkin. Buning uchun boshlang‘ich sinf ruhbarlarining “Ma’naviyat soatlari” va “Tarbiyaviy soatlari” mazmuni va rejasiga ozgina o‘zgartirishlar qilish lozim;

      3. Jinoyatlar ijobiy o‘zgarishlar dushmani ekanligini ham o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish mumkin. Buning uchun o‘quvchi-yoshlar ongiga jinoyatlar va jinoyatchilar jamiyat taraqqiyoti ildiziga bolta urushga qaratilgan xatti-harakatlar va odamlar ekanligini singdirish lozim.

Bunda o‘quvchi-yoshlar ongiga bunday xatti-harakatlar odatda, faqatgina buzg‘unchilik kayfiyatida bo‘lgan, dunyoqarashi tor, biqiq, o‘z manfaatlari yo’lida har qanday jirkanch usullardan qaytmaydigan kishilar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini singdirish kerak bo‘ladi;

      1. Oilada, maktabgacha ta’lim muassasalari va uzluksiz ta’lim tizimida, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy pedagogik masalalar tuzib, uning echimlarini tahlil qilish va ular ichidan eng optimalini topishda bevosita o‘quvchi- yoshlarni jalb qilishga, ularning bildirgan fikrlariga hurmat bilan qarashga shart-

sharoitlar bor. Buning uchun tuziladigan tarbiyaviy masalalar mazmunida o‘quvchi- yoshlarni salbiy ta’sir va tahdidlardan asrashga oid ma’lumotlar kiritilishi lozim bo‘ladi hamda undagi salbiy ta’sir va tahdidga tegishli ma’lumotlarni ongiga, jamiyatga va davlatga zararlari haqidagi ma’lumotlar masala echimi tahlilida e’tiborda bo‘Iish lozim;

      1. O‘quvchi-yoshlarni milliy an’ana, urf-odat va bayramlar negizida ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga imkoniyat bor. Buning uchun kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish va ularning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabi o‘zbek xalqiga xos odatlarni o‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga muntazam ravishda singdirib borishga e’tibor berish etarli. Shuningdek, Nafro‘z bayrami, Qovun sayli, Lola sayli va shu kabilar ham o‘quvchi-yoshlarning milliy tarbiyasida muhim asoslardan hisoblanadi;

      2. Boshlang‘ich ta’lim uchun ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartidagi har bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilganligi va ularning o‘quv dasturlarida o‘z aksini topganligi. Bunda mazkur tadqiqot ishining 2.3 - qismidagi har bir fandan shakllanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi;

      3. “Ma’naviy soatlari” va ularda ta’lim-tarbiya maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi). Buning uchun quyidagi mos ravishdagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga e’tibor berish kerak bo‘ladi;

  • o‘quvchilarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarning milliy dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g‘urur va iftixortuyg‘usini rivojlantirish;

  • o‘quvchilarga tozalik – salomatlik garovi ekanlagini uqtirish;

  • o‘quvchilarni “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shioriga amal qilib yashashga chaqirish;

    • o‘quvchilarni do‘stlik – birodarlik tuyg‘ulari sofligini saqlash ruhida

tarbiyalash;

    • o‘quvchilarni do‘stlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;

    • o‘quvchilarni maktab qoidalariga qat’iy amal qilishga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarning maktab qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • o‘quvchilarni o‘quvchi va murabbiylarga hurmat ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni ustozlar mehnatini qadrlashga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga mehnat – mehnatning tagi rohat ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarga dehqonlarimizning mashaqqatli mehnatini qadrlashga o‘rgatish;

  • o‘quvchilar nimini e’zozlashga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni til o‘rganishga da’vat etish;

  • o‘quvchilarda Davlat ramzlariga mos milliy g‘ururni shakllantirish;

  • o‘quvchilar ongiga ertaklarning yaratilishi va ularning mazmun -mohiyati hamda ulardan ko‘zlangan maqsadlarni singdirish;

  • o‘quvchilar ertaklardagi salbiy va ijobiy qahramonlar xususiyatlarini taqqoslashga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarni Qonunlarga hurmat bilan qarash va ularga itoat etish ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarni o‘zidan yaxshi nom qoldirish ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarimizga milliy an’analarimiz yaxshilik ekanligini singdirish;

  • o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni Vatan osoyishtaligini saqlash ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga tinchlik va eng oliyne’mat va uni avaylab-asrash kerak ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarni tinchlikni saqlashga harakat qilish ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarimizga buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini singdirish;

  • o‘quvchilardagi Alisher Navoiy siymosida tilga hurmat tuyg‘ularini rivojlantirish;

  • o‘quvchilarga ochiq yuzlilik mehmon kutishning birinchi sharti ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarga “Mehmon - otangdek ulug”, degan maqolning mazmun - mohiyatini singdirish;

  • o‘quvchilarni barcha onalarga hurmat ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga ayol yaratganning tengsiz mo‘jizasi ekanligini anglatish;

  • o‘quvchilarga “Navro‘z” bayrami kunlarida amalga oshiriladigan xayrli tadbirlarga xayrixohlik ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga mehnatdan baxt topgan insonlar haqida ma’lumotlar berish va ular ongiga mehnatsevarlik insoniylik fazilat ekanligini singdirish;

  • o‘quvchilarga shirinso‘zlik - inson ko‘rki ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda maqollar va hikmatlardan foydalanishni amalga oshirish;

  • o‘quvchilarni go‘zal xulqli qilib tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga o‘zgalarni hurmat qilish, o‘zini hurmat qilish bilan bab- baravar ekanligini uqtirish;

  • o‘quvchilarning muomala madaniyati haqidagi tushunchalarini kengaytirish;

  • o‘quvchilar ongiga Xotira muqaddas tuyg‘u ekanligini singdirish;

  • o‘quvchilarni ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va qatag‘on qurbonlarini hamisha yodda saqlashga chaqirish;

    • o‘quvchilarni Ona tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash;

    • o‘quvchilarga ekologiyani asrash, inson hayotini asrash demakligini uqtirish;

  • o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish;

  • o‘quvchilarni kitobni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga qoldirish ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga yoz ta’tilida jismoniy mehnat qilish ham dam olish ekanligini

uqtirish;

  • o‘quvchilarga, ularning o‘z oilasida tutgan o‘rnini mustahkamlash haqida tushunchalar berish va shu kabilar.

Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatlari davomida asosiy e’tiborni doimiy ravishda o‘quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar kiritishlari, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va tabiatlaridagi qirralarni rivojlanti-rishlari, mavjud kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratishlari lozim. Bunday jaraënni tashkil etishda tarbiyachilar pedagogik ta’sirning turli usullaridan foydalanishlari mumkin.
Pedagogik ta’sir usuli – bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi.
Tarbiya jaraënida zarur pedagogik ta’sir usulni tanlash uchun o‘quvchining hissiy holati, harakatining tabiati va sababi oldindan aniqlanishi lozim. Bu, o‘z navbatida, ushbu harakatning psixologik tahlili, uning o‘quvchi shaxsiyati bilan yaqin aloqasini ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi. Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo‘ljallagan ta’sir usulini amalga oshirish uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi o‘zi mo‘ljallagan ishi va xulqini o‘quvchining harakatiga bo‘lgan munosaba-tiga binoan mos ravishda o‘ylab chiqishi lozim.
Pedagogik ta’sirning har bir usuli o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ular ikkita: a) yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari; b) yangi pedagogik holatgatalaba (o‘quvchi)larda tug‘iladigan yangi fikrlar, tarbiyaning yangi sabablari va shaxsiy kamchiliklarini engib o‘tishga asos bo‘ladigan hissiyotlar mazmuni kabi unsurlarning o‘ziga xos birligidan vujudga keladi.
Pedagogik ta’sir usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh usullari o‘quvchini ilhomlantiruvchi ijobiy hissiyotlar asosida uning ahloq-odobi, tarbiyasi, tartibiga o‘zgarishlar kiritadi, bular xursandchilik, minnatdorlik, tarbiyachiga hurmat, o‘z kuchiga ishonchdan iborat. Ikkinchi guruh
usullari - uyatchanlik, epsizlik, hafsalasizlik, o‘kinch, xafagarchilik, achinish kabi salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradigan usullardir.
Ijodiy faoliyatda nafaqat talaba(o‘quvchi)lar tarbiyaviy ishlarining yaxshi natijalariga erishiladi, balki tarbiyachilarni o‘zlarining shaxsiy hissiyotlari ham rivojlanadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash jarayonida tarbiyachining g‘oyaviyligi, tabiatidagi insonparvarlik, mehribonlik, sezgirlik kabi, tabiatning chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, maqsadga intiluvchanlik, tezkorlik, tashabbuskorlik kabi hissiy qirralari hamda tabiatining topqirlik, ziyraklik, aqliy barkamollik, kuzatuvchanlik kabi iroda qirralari ko‘zga tashlanadi. Hozirgi vaqtda o‘qitish va ta’lim berishdagi Integratsiya muammosiga yanada kuchli e’tibor qaratilmoqda. Biroq, yuqoridagi fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, Integratsiya jarayon sifatida fundamental ilmda ham uning shoxobchalarida ham paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda zamonaviy maktabda Integratsiyani pedagogik muammolarni echimini topuvchi, maktabdagi faoliyatni yaxshilashga, pedagoglar jamoasini salohiyatini oshiruvchi, ularga ta’sir etishning
optimal yo‘llarini topishga xizmat qiluvchi omil deb qaralmoqda.
Integratsiya pedagogik holat sifatida ikkita an’anaga ega: avvalo aytish lozimki, ayrim maktab fanlari integrativ xarakterga ega. Ko‘pincha bu fan ichidagi Integratsiya darajasi bo‘lib: masalan, savodga o‘rgatish darslari (o‘qishni va yozishni o‘rgatish) – o‘sha davrdayoq Integratsiyalashgan dars edi. (K.D.Ushinskiy davridayoq bu darslar Integratsiya tarzida olib borilgan) Shuningdek, maktabdagi adabiyot darsi yagona maqsad asosida amalga oshirilgan. Bunda o‘zaro bog‘langan adabiyotni o‘rganish, o‘qish malakasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, ijod qilish malakalarini birlashtirishga qaratilganligi fikrimizga dalildir.
Biroq, bugungi kunda maktab predmetlarini birlashtirishga nisbatan yangi yondashuv bosqichi boshlandi. Fanlararo bog‘liqlikdan turli bir-biriga yaqin bo‘lgan predmetlarni yaqinlashtirish, yaxlit holda Integratsiyalash muammosiga murojaat qilinmoqda.
Ta’limdagi Integratsiyaning mohiyati nima bilan xarakterlanadi?
Integratsiya” tushunchasi ta’lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma’noni anglatadi:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin