O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə52/55
tarix19.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133346
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:


1. Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim? 2.O‘qituvchi “Sog‘lom avlod uchun kurashchi” iborasiga o‘z fikr-


mulohazangizni bildiring?
3. Davr o‘qituvchisiga qanday talablar qo‘yiladi. U qanday shaxsiy va kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak?

XULOSA


Pedagogikaning fan sifatida shakllangan boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fani yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.


Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi. Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o’z ifodasini topgan. Ularda rostgo’ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. “Alpomish”, “To’maris” kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar.
Mashhur faylasuflarimiz Mahmud Koshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning kabi allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu allomalarimizning asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan.
Ushbu fanning mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, buyuk allomalarimizning pedagogika nazariyasiga oid fikrlari, o’zbek va jahonning rivojlangan mamlakatlari pedagog olimlarining ta’lim jarayonini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o’quv fanlarini integratsiyalashiga oid asarlaridan unumli foydalanish bu fanni yanada ravnoq topishiga asos bo’ladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin