TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
4.2. Turistik mahsulot tarkibi
Turistik korxonaning turistik bozordagi muvaffaqqiyati birinchi navbatda taklif etiladigan turistik mahsulotning jozibadorligi bilan belgilanadi. Zamonaviy turistik mahsulot juda qiyin turli xil elementlar yig‗indisidan iborat.
Tabiiy resurslar (havo, suv, quyosh, landshaft va hokazolar), tarixiy, madaniy, me‘moriy diqqatga sazovor joylar. Ular turistni sayyohatga undashi va jalb qilishi mumkin.
Bino va qurilmalar turistlarni joylashtirish vositalari, restoranlar, dam olish qurilmalari, sport inshootlari va hokazolar. Ular sayyohat mativatsiyasiga bevosita ta‘sir ko‗rsatmaydi, ammo ularning bo‗lmasligi mumkin bo‗lgan sayyohatga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi.
Harakat vositalari ular ma‘lum ma‘noda turistlar tomonidan foydalaniladigan transport vositalariga bo‗lgan talabga bog‗liq bo‗ladi.
Ma‘lum vaqtgacha turistik mahsulot iste‘molchi uchun real qiymatga ega bo‗lmaydi. Turistlar bozorda tovarlarni emas, balki ma‘lum inson ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo‗lgan fnnksional imkoniyatlarni xarid qilishadilar. Ular mehmonxonaga joylashishga haq to‗lashmaydilar, balki ma‘lum inson ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo‗lgan funksional imkoniyatlarni xarid qilishadilar. Ular mehmonxonaga joylashishga haq to‗lamaydilar, balki ma‘lum insonning ehtiyojlarini qondirishning funksional imkoniyatlariga tovar mavjud ehtiyojni qondira olishini anglagan holda, turist iste‘molchiga aylanadi.
Turistik mahsulot – bu ko‗pchilik korxonalar harakatining natijasidir.
U quyidagi elementlardan tashkil topadi:
tur;
tovarlar;
qo‗shimcha turistik ekskursion xizmatlar.
Tur – turistik mahsulotning dastlabki birligi (tovar shakli). U mijozini turoperator tomonidan ma‘lum yo‗nalish va aniq muddatlarda sotiladigan yagona birlikdir. Tur deganda sayyohatning bosh maqsadi bazasida birlashtirilgan turli xil xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Tovarlar – turistik mahsulotning o‗ziga xos qismidir. U o‗z ichiga turistik rejalar va shaharlar xaritalari, otkritkalar, bukletlar suvinirlar, turistik anjomlar va o‗ziga xos bo‗lmagan turistik mahsulotlar moddiy qismini oladi. Ularga taqchil bo‗lgan ko‗p sonli tovarlar yoki turistlarning doimiy yashash joylarida qimmat bo‗lgan tovarlar kiradi.
Qo‗shimcha turistik – ekskursion xizmatlar, ularga ijara, telefon, maishiy xizmat ko‗rsatish, pochta, valyuta almashtirish, qo‗shimcha ovqatlanish, ijtimoiy transport, buyumlarni taxlash, chiptalarni xarid qilish, xordiq chiqarish, joylarni rezervlashtirish, tijorat televideniesi, video, mini – barlardan foydalanish va hokazolar. Ushbu xizmatlar turistlar tomonidan qo‗shimcha haq to‗lash evaziga xarid qilinadi.
Inklyuziv turlar bo‗yicha evropa mamlakatlariga turistik mahsulot qiymati strukturasi taqdim etiladi.
TMR(100%)=T(30%)+Tt(30%)+QXT(40%)
Bu erda: TPR – turistik mahsulot qiymati; T – tur qiymati;
Tt – xarid qilingan tovarlar qiymati; QXT – qo‗shimcha xizmatlar qiymati.
Ushbu strukturadan ko‗rinib turibdiki, turoperator turmahsulot qiymatining 1/3 dan kam qismini oladi. Katta mablag‗larni turistlar mahalliy turistik industriya joyida, turoperator xizmatlarini chetlab o‗tgan holda sarflaydilar. Turistlar harakatlarining asosiy qismi savdo orqali mahalliy byudjetda kelib tushadi.