O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə14/97
tarix05.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#138261
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI

Tayanch iboralar: turistik faoliyat, turyo‗llanmalar, joylashtiruvchi obyektlari, statistik ma‘lumotlar.


Nazorat qilishga oid savol va topshiriqlar


  1. O‗zbekistonning turistik resurslarini tariflang

  2. Turizm iqtisodiyotining statistik ma‘lumotlarini tahlil qiling

  3. Qanday muammolar O‗zbekistonga turistlarni jalb qilish davomida vujudga kelmoqda.

  4. Rasmiyatchilik vaqtida kutilmagan vaziyat sodir bo‗ldi. Rasmiyatchilik ishlari tugaganda mijoz sayohatga chiqishdan bosh tortdi. Ushbu muammo va uning yechimini izohlang.

Adabiyotlar


  1. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak . Tashkent : O‗zbekiston, 2017 y.,104 b.

  2. M.Amonboev, N.Juraeva ―Turizm iqtisodiyoti bva menejmenti‖ o‗quv uslubiy majmua. – T;TDIU 2018

  3. Christopher Dougherty. Introduction to econometrics. 2011. 336 p. 4.uzbekturizm.uz ma‘lumotlari.
  1. BOB. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA UNING TAQSIMLANISHI


    1. Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha

3. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari


    1. Turistik mahsulotning baholanishi
    2. Narx belgilashga ta‟sir qiluvchi omillar





    1. Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha

Biror mehmonxona yoki restoran xo‗jaligi faqat ovqatlaniladigan yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy muloqatlarning mavjud bo‗lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‗ra har xil bo‗ladi. Turistlarning o‗z uyini tark qilganidan boshlab orqaga qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‗plagan tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mehmonxonaning xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‗ra bular aralash turistik mahsulotning bir parchalari hisoblanadi. Turist ta‘tilga chiqar ekan turli xil aralash bir mahsulot, y‘ani xizmat paketi sotib oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig‗indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‗rtaga chiqadi.

  1. Biror davlatda mavjud bo‗lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.

  2. Iste‘molchilarning joy o‗zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon beruvchi barcha xizmatlar, ya‘ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning yig‗indisi.

Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari, boshqa sanoat korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning ro‗yobga chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham qo‗shish kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki
o‗ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida maqsad ham iste‘molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir munosabat yaratishdir. Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan iborat.14

  1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir. Iste‘molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan joyiga borishga majburdir.

  2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, tomosha va h.k.) yig‗indisidan hosil bo‗ladi.

  3. Turistik xizmat va mahsulotning o‗z vaqtida sotilishi shartdir.

  4. Turistik mahsulotlarda subyektiv baholanish juda yuqoridir.

  5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish xususiyatlarining bo‗lishi kerakdir.

  6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‗lib avtomatlashtirish juda kamdir.

  7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‗lishi mumkin emas.

    1. Yüklə 2,65 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin