Biror turistik mahsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudod kabi yaratiladi, yashaydi va yo‗q bo‗ladi. O‗rtadan yo‗q bo‗lishning turli xil sabablari mavjudr: texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo‗lmagan juda yuqori narx va qiymat yo‗qotish. Biorr mahsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan keyin 4 ta bosqichni kechiradi.
Bozorga kirish bosqichi.
Rivojlanish bosqichi.
Saqlanish bosqichi.
Tushish bosqichi.
Bu bosqichlarning muddati mahsulot yoki xizmat turlariga ko‗ra va korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko‗ra har xil bo‗ladi. Mehmonxona xo‗jaligida o‗rtacha umr 10 yil. Restoran yoki bar uchun bir necha yil,
14 Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. – М.: КНОРУС/ 2015. - 49-56 с.
diskotekalar uchun esa vaqtinchalik omillardan ta‘sirlangani uchun juda kam muddatdir. Turmahsulotning hayotiy bosqichlari quyidagi chizmada ko‗rsatilgan;
sotishlar
Bozorga kirish rivojlanish turg‗unlik tushish vaqt
2.7- rasm. Turmahsulotning hayotiy bosqichlari15
Bozorga kirish bosqichi: Yangi taqdim qilingan mahsulot yoki xizmat bozorga kiritiladi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, mahsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi orqali talabni yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Iste‘moldagi mahsulot yoki xizmat bozorda o‗zining ishonchini kutadi. Shunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o‗rganish, kapital qarorlarini berishni bilish kerakdir.
Rivojlanish bosqichi: Bu bosqichda sotishlar kutilmagan darajada ko‗payadi. Yana bu davrda raqobat hodisasi o‗zini ko‗rsatadi yoki taqlidchilar o‗xshash mahsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar mahsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish bo‗ladi, tannarx va sotish mahsulotlarda yuqori bo‗lib, bozor to‗lqinlaridan ta‘sirlanadi. Yangi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to‗g‗ridan – to‗g‗ri bog‗liq bo‗lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar va banketlar tashkil etiladigan bosqichdir.
Saqlanish bosqichi: Turistik mahsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan bosqichdir. Yangi iste‘molchi topish asosiy
15Очилова Х. Ф.Управление маркетингом в туризме : монография / Очилова Х. Ф., Мухаммедов М. М.. - Ташкент : Iqtisodiyot, 2015.
hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir. Qo‗lga kiritgani bozor bo‗limini imkon qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda turizm muassasalari, har bir mahsulotning yaxshi sotilgani va muddatli bo‗lishini tushinadilar. Mahsulotlar o‗zini oqlamagan taqdirda bozordan chekilish tahlikasi bilan yuzlashadi. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko‗rsatadi;
ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining foydanalishih va sotish hajmining ortishi oqibatida biror xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi kamayish;
o‗xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni tashkil qilgan raqiblarning paydo bo‗lishi;
v) muassasaning o‗rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridorlar mexanizmining kengayishi.16 Saqlanish bosqichi, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq muddatli bo‗la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta‘sirchan rol o‗ynay oladi. Xaridorlar ko‗pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari bo‗lgan turistik muassasalarni va mahsulotlarni ma‗qul ko‗radilar.
Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagan davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo‗lgani bosqichidir. Xaridorlar mavjud mahsulotni tark qilishni boshlaydi.
Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich deyish noto‗g‗ridir. Chunki korxona, ma‘lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo‗sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish bosqichida yomon bir boshlang‗ich, mahsulotning kelajagini tahlikaga qo‗yadi.