O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə28/97
tarix05.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#138261
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI

Zamonaviy turizmni tashkil qilishda axborotlardan foydalanish:



6.1. Texnologik yangiliklarning turistik biznes samaradorligiga ta‟siri


1961-yillarda inson fazoga chiqishi to‗g‗risida, komputerlar bir
necha yillar davomida qilinadigan ish hajmini soniyalar davomida bajarishini, fan va texnologiyalar hozirgi kunlarda qo‗llanilayotgan qamrovlarda tatbiq etilishi haqida tasavvur ham qila olishmagan. Bu davr mobaynida eng rivojlangan mamlakatlarda kapital qo‗yilmalar yiliga 3% dan ortiq o‗smagan, lekin fan sohasidagi tadqiqotlarga qo‗yilmalar yiliga 6-15 %ga o‗sgan.
Turizm iqtisodiyotiga komputer texnologiyalari katta foyda keltira boshlagan tarmoqlaridan biriga aylanib qoldi. Bularga aviachiptalar, boshqa turdagi transport vositalari uchun chiptalar, sayohatlar va mehmonxolarda xonalar uchun avvaldan buyurma berib qo‗yish tizimlari kiradi. Bugungi kunda Amadens, Gabriel, Sabre, World Spar, Apollo va boshqalar kabi eng yirik tizimlarning O‗zbekistonda o‗z vakolatxonalari ochilgan. Bundan tashqari Internet - jahon axborot tarmog‗ining ahamiyati bu sohada kun sayin ortib bormoqda. internet- texnologiyalar turistik firmalarga xalqaro telefon suhbatlari va faks yo‗llash uchun xarajatlarni qisqartirish evaziga katta miqdordagi mablag‗larni tejashda yaqindan yordam beradi.
Yil sayin aviachiptalar va mehmonxonalarga avvaldan buyurtma berish tizimidan foydalanayotgan turistik firmalarining soni ortib bormoqda. Bunday tizimlar jahonning barcha mehmonxonalarida xonaga buyurtma berish qisqa vaqt davomida ish joyini tark etmagan holda buyurtma berish shartlari, narxlar, imtiyozlar to‗g‗risida ma‘lumot olish
imkoniyatini beradi. Avvallari bu ishlarni amalga oshirish uchun uzoq vaqt va mablag‗ kerak bo‗lardi. Tizimga kiruvchi agentliklar hozirgi kunda o‗tgan yilgi ma‘lumotnomalardan emas, balki eng oxirgi ma‘lumotlardan foydalanishadi. Alean tizimininng qatnashchilari qimmatbaho dasturiy ta‘minotni sotib olishlariga hojat yo‗q, chunki bu tizim Internet tarmog‗ining standart texnologiyalariga asoslangan.
Yangi texnologik urush tufayli turistik xizmatlar bozorini tizimlashtirish jarayoni jadal ravishda kechmoqda. Axborot tizimlariga murojaat qilish qiymati pasaydi. Bu hodisa 2-3 kishidan iborat turistik agentligiga avvallari foydalanish qimmatga tushgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu shuni anglatadiki, unchalik katta bo‗lmagan turagentliklar katta tashkilotlarga jiddiy raqobatni yuzaga keltirshi mumkin. Misol tariqasida nemis firmasi ―Tiss‖ni ko‗rsatish mumkin 1997-yilda ikki nafar xodimning o‗zi aviachiptalar savdosi bilan shug‗ullangan holda 140 mln. nemis markasiga teng aylanmani ta‘minladilar.22



Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin