6.3. Zamonaviy turizmni tashkil qilishda axborotlardan foydalanish:
Internet va boshqa texnologiyalar rivojlanishi turizmga katta turtki bo‗lishi bilan birga bu tizimdan foydalaniladigan turistlar har doim ham
23 Электронная коммерция в Узбекистане: состояние, проблемы и пути развития : Монография / Рахимова Х. У., Бекмуродова А. Ш., Махмудов У. Д., Юлдашев М. И.. - Тошкент : Молия, 2017. - 111 с
topilavermaydi. Shuning uchun ham televideniye va radio orqali turmahsulotlar reklamasi o‗z qulayligini ko‗rsatadi.
Televideniyadagi reklama Internetdan bir oz qimmatga tushushiga qaramasdan samaradorligi yuqori bo‗ladi. Amaliyotda reklama xarajatlari doirasini aniqlashning turli usullaridan foydalaniladi Yaponiya, Garbiy Germaniya va AQShda reklama faoliyati tovar harakatida muhim ahamiyat kasb etadi, bu haqda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish xarajatlari tarkibi haqidagi ma‘lumotlar quyidagi 3- jadvalda keltirilgan.
6.3-jadval Rivojlangan mamlakatlarda ommoviy axborot vositalari orqali reklama
|
TV, %
|
Radio, %
|
Matbuot,
%
|
Boshqalar,
%
|
AQSh
|
22
|
17
|
35
|
36
|
Kanada
|
52
|
25
|
23
|
-
|
Manba: Osnovnыe pokazateli razvitiya turizma v 2013 g. VTO. –Madrid, 2014.- 22s.
Reklamaning qiymati ancha katta. Masalan, AQShda, TV-ga 30 daqiqalik reklama vaqti - 100 ming dollar. Bu Ispaniyada 50 ming doll.dan iborat. Ta‘kidlash kerakki, ko‗pgina mamlakatlarda telereklamaga cheklashlar mavjud. Masalan, Avstriyada reklama uchun eng kup vaqt 20 daqiqa ajratilgan; Germaniyada eng ko‗p vaqt bir kunlik ko‗rsatuvning 20% ini, Ispaniyada 10% ini tashkil qiladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozoriga chiqish reklama faoliyatining rivojlanishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda, reklama kishilik faoliyatining barcha sohalari manfaatlariga tegishli bulishini ta‘minlash, iste‘molchilar manfaatlarini reklama beruvchilardan himoya qilish kerak.24
Reklama byudjetini rejalashtirish reklamaga ajratilgan mablaglarning umumiy miqdori, ularni taqsimlash, ya‘ni ulardan qanday tartibda va
24 Тухлиев Н., Абдуллаева Т. ―Менеджмент и организация бизнеса в туризме Узбекистана‖. - Т.:Узбекистан Миллий Энциклопедияси, 2016 й, 367 ст.
qanday hajmda foydalanilishini doimo ko‗rsatish aniqlanadi. Sayohatlar xizmati har bir mijoz to‗grisida tushunchaga ega bo‗lgandan so‗ng, ular bilan o‗zaro munosabatni mustahkamlab boradi, elektron pochta orqali muntazam ravishda ularni qiziqtirishi mumkin bo‗lgan axborot yuborib turadi, bu ega foydalanuvchilarni «Ekspeditsiya» saytiga tez-tez murojaat qilishga undaydi.Alohida maqsadlarning o‗rnatilishi va tegishli ravishda baholanishi mumkin. Bu ega o‗z navbatida firma foydasini ko‗paytirishga ichki va tashqi muhit omillarining ta‘sirini e‘tiborga olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |