O‘zbekistondagi ko‘pchilik xizmat ko‘rsatish korxonalari (hususan mehmonxona ho‘jaliklari) hozirgi kunda katta muammoga duch kelishmoqdalar, ya‘ni samarali boshqaruv tizimining bo‘lmasligiga. Iqtisodiyotni markazlashtirgan holda rejalashtirish paytidagi eski sovet xizmat ko‘rsatish korxonalari ho‘jalik faoliyati sharoitlarining o‘zgarishiga o‘z munosabatlarini ishlab chiqishga zaruriyat sezmasdilar va bunga tegishli ravishda ochiq boshqaruv tizimlarini yaratishga ham. Yangi tijorat
kompaniyalari umuman tashkil etilgan boshqaruv ananalariga ega emaslar. Natijada tashqi va ichki o‘zgarishlar ta‘siri natijasida mehmonxonalar boshqaruvni yo‘qotishmoqdalar va natijada moliyaviy zarar ko‘rishmoqdalar.