TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
9.4. Restoran biznesini boshqarishning usul va uslublarining
o„rni ―Restoran g‘oyasi‖, ―restoran kontseptsiyasi‖, ―restoran mavzulari‖ kabi iboralarni juda ko‘p eshitamiz. Ammo amaliyot ko‘rsatishicha, ular nimani anglatishi to‘g‘risida ko‘pchilik aniq tasavvurga ega emas. Yuqorida qayd etilgan tushunchalar orasida restoran kontseptsiyasi alohida o‘rin tutadi. U restoranning asosiy negizini tashkil qiladi.
Ko‘p hollarda kontseptsiya ostida restoranning g‘oyasi tushuniladi. Masalan, milliy restoran yaratish xohishi – bu, g‘oyadir. Yoki mussasani
―Oddiy Evropa restorani‖ deb atamoqchimiz. Bu ham g‘oya. Ammo kontseptsiya emas. Kontseptsiya restoran g‘oyasini ochib beradi, restoran faoliyatining barcha tashkil qiluvchilarini ta‘riflaydi. Haqiqatda esa u texnologik zanjirchalar, dizaynerlik echimlari, savdo belgisi, jarayon strategiyasi, taomnoma, mijozlarni jalb etish va ushlab qolish bo‘yicha reklama dasturlari hamda faoliyatining barcha tashkil qiluvchilarini ishlab chiqish uchun batafsil yoritilgan texnik vazifadan iborat.
Marketing tadqiqotlari mustaqil obyektiv manba sifatida restoranning aniq joy, vaqt va aniq narx-navo segmentidagi mavjud g‘oyasi dolzarbligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi, mavjud g‘oya doirasida restoranga jalb etish mumkin bo‘lgan haridorlarning kontingenti (segmentlari) ni belgilab beradi, g‘oya mualliflari va bo‘lajak tashrif buyuruvchilar tasavvurlarining mos kelishini tahlil qiladi. Demak, restoran kontseptsiyasini batafsil ishlab chiqishdan oldin marketing tadqiqotlarini o‘tkazish zarur43.
Restoran biznesidagi asosiy muammo triada burchagining tayanch nuqtasini topishdir. Bu biznesda sifat – samaradorlik – qulaylik masalasi to‘g‘ri hal etilishini ta‘minlaydi. Chunki, samaradorlikni oshirish- taomnoma narxlarining o‘sishini, tannarxni pasaytirishni talab etadi. Restoranga haridorlarning tashrifini ko‘paytirish, narxlarni
43 Эффективное управление в гостиничном и ресторанном бизнесе: теория, практика, подготовка кадров : коллективная монография / Степанова С. А., Кущева Н. Б., Матолыгина Н. В., Руглова Л. В., Скобельцина А. С.. - Санкт Петербург : СПбГЭУ, 2017. - 175
iste‘molchilarga qulay belgilash uni pasaytirishni taqozo etadi. Ovqatlar va restoran xizmatlari sifatini oshirish xodimlar rag‘batlantirilishini hamda ularning ish haqi va sarf-xarajatlarni oshirilishini talab etishi mumkin.