Tasniflashtirish har bir turdagi xizmatning o‘ziga xos qirralarini, ushbu industriyani boshqarish xususiyatlarini tushinish imkoniyatlarini beradi. U xizmatlarni segmentlashtirishga optimal yondoshishga yordam beradi. U xizmatlar sohasi ishlovchilarini avvallari bozorda taqdim
etilmagan xizmatlarning yangi turlarini qidirishga undaydi va ularning sifatini oshirish indikatori hisoblanadi.
Mehnat taqsimoti tamoyillariga mos ravishda ehtiyojlarning va funkstiyalarning diversifikastiyalanishi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat turlarining ko‘payishiga olib keldi. Ularni aniqlash qiyin ish bo‘lib hisoblanadi. Xizmatlar juda qiyin turli qatorli kategoriyadan iborat, unda barcha narsalar aralashdir va bu tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutmaydi, xizmatni ko‘rsatuvchi va xaridori o‘rtasidagi aloqalarning iqtisodiy tavsifi hisoblanadi.
Xizmatlarni tasniflashtirish ularni ma‘lum klasslar, guruhlar, kategoriyalarga bo‘lishni anglatadi.
Ma‘muriy buyruqbozlik davrida xizmatlar noishlab chiqarish faoliyati doirasidan chiqarilmagan. O‘sha davrlarda xizmat – bu alohida iste‘mol qiymati, u noishlab chiqarish sohasida yaratiladi va u jamiyat, uning alohida a‘zolarining ehtiyojlarini qondiradi deb ta‘kidlangan.
8.4-rasm. XX asr 80 chi yillaridagi xizmatlar sohasi tarkibining
talqinlari Xizmatlarning umumiy tarkibida odatda maishiy xizmatlar ajralib turgan va ular o‘z navbatida ikkiga bo‘lingan. Ularning bir qismi ikki tomonlama tavsifga ega bo‘lgan. Ya‘ni bir tomondan xizmatlar tavsifida va ikinchi tomondan moddiy ne‘matlar ishlab chiqaradi. Masalan moddiy ne‘matlarni kiyim, oyoq kiyimini ta‘mirlash va tozalash xizmatlari, xususan ular faoliyati maishiy xizmatlarga kiritsa ham bo‘ladi.
Xizmatlarning ikkinchi guruhi xususiy xizmatlar guruhiga kiritilgan.
Ularga hammomlar, kir yuvish xonalari, foto sur‘at xonalari kiradi.
Bozor munosabatlari tizimiga ko‘ra xizmatlar uch turga bo‘lib o‘rganiladi: bozorli, nobozor va bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari.
Nobozor