Tayanch iboralari; turistik bozor, turistik mahsulot, xaridor, voucher, bozor konyukturasi
Nazorat uchun savollari
Turistik bozor segmentlarini tushuntirib bering
Turistik mahsulotlarni sotish qoidalari nimalardan iborat?
Turistik xizmatlar bozori tushunchasiga ta‘rif bering. Uning tovarlar bozori tushunchasidan asosiy farqi nimadan iborat?
Ulgurji va chakana turizm bozorlarining farqi nimada?
Turistik mahsulotning sotuvini qaysi hujjat tasdiqlaydi?.
Xaridor talabi nimaga bog‗liq?
Turistik bozorning konyunkturasi nima?
Adabiyotlar
Икромов М.Иқтисодиѐт ва менежмент асослари : ўқув қўлланма / Икромов М., Солиев А. С.. - Тошкент : Vneshinvestprom, 2019. - 280 б
M.Amonboev, N.Juraeva ―Turizm iqtisodiyoti va menegmenti‖ O‗quv uslubiy majmua 2018 yil
Сафарова Н. Н.
Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари / Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017. - 220 б
Safayeva S. R.
Turizm va O`zbekiston milliy merosi : o`quv qo`llanma / Safayeva S. R.,
Shodiyev T.. - Toshkent : TDIU, 2017.
– BOB. TURISTIK KORXONALARNI LITSENZIYALASH
Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va ularning mazmuni.
Turfirmalarning litsenziyaga amal qilish shartlari.
18.1.Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va ularning mazmuni.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO„MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO„G„RISIDA
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va O‗zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta‘minlash maqsadida:
O‗zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‗nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‗ib qilishga, O‗zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‗naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‗tkazilishiga yo‗naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta‘minlash;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‗lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‗nalishlari tashkil etilishini ta‘minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‗nalishlari, gidlar (ekskursovodlar) va turizm obyektlari bo‗yicha yagona milliy
reyestrlarni shakllantirish;
Mazkur qaror O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-sonli «Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan o‗z kuchini yo‗qotgan.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Turizm faoliyatini litsenziyalash to‗g‗risidagi nizom 1- ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* мувофиқ tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi:
ikki hafta muddatda Komissiya to‗g‗risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‗tkazsin, litsenziya bitimlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash to‗g‗risidagi nizom talablariga muvofiqlashtirilishini ta‘minlasin.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‗g‗risida» 1998 yil 8 avgustdagi 346-son qarori (O‗zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 8-son, 29-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi «turizm sohasida litsenziya berish bo‗yicha» so‗zlari «turizm faoliyatini litsenziyalash» so‗zlari bilan almashtirilsin.
Dostları ilə paylaş: |